Axborot xizmati

"Mir Arab"  o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Buxoro viloyatidagi "Mir Arab" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

 

Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida tadbir tashkil qilindi

Bugun, 24 noyabr kuni vakillik binosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati komissiyasining 2022 yil 7 noyabr kunidagi “2022 yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi to‘g‘risidagi 49-sonli yig‘ilish bayoni hamda bayon asosida Samarqand viloyati hokimining 2022 yil 15 noyabrdagi 249-7-0-F/22-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand shahri va Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatiblar va bir qancha tuman bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

 

"Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Xorazm viloyatidagi "Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

 

AL-BERUNIY BILIM YURTIDA SAMARQANDLIK TALABALAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy" o‘rta-maxsus islom bilim yurtiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

 

SAMARQAND VILOYATI BOSH IMOM XATIBI O‘RINBOSARI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta'lim muasssasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, “Xo‘ja Axror Valiy” masjidi imom xatibi Mansurov Yoqubjon Qobilovich tashrif buyurdi.

 

Samarqandlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent islom institutiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, “Xo‘ja Axror Valiy” masjidi imom xatibi Mansurov Yoqubjon Qobilovich tashrif buyurdi.

 

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI ULAMOLAR KENGASHI BYOYONOTI (2022 yil 17 noyabr)

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taologa behad hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin.

Muhtaram yurtdoshlar!

Alloh taolo insonni yerdan yaratar ekan, uning zimmasiga yana shu qaytadigan joyi – yerni obod qilish vazifasini yukladi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo‘ydi” (“Hud” surasi 61-oyat). Boshqa oyati karimada: “Yerni yaroqli qilib qo‘ygandan keyin unda buzg‘unchilik qilmangiz!” (“A'rof” surasi 56-oyat), deb keltirilgan. Alloh taolo ushbu ikki oyati karimada yer va uni o‘rab turgan tabiatni asrab-avaylashga, undan oqilona foydalanishga buyuradi. Shuning barobarida unga zarar yetkazishning har qanday turidan qaytaradi.

Yer va undagi barcha ne'matlarni kelajak avlodga sof holatda yetkazish har bir inson oldidagi muhim vazifalaridandir. Ayniqsa, bu imon-e'tiqodli kishilar qalbida ulkan mas'uliyat hissini oshiradi.

So‘nggi yillarda jahonda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar, afsuski, yurtimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Ro‘y berayotgan chang-to‘zonlar, shuningdek, yog‘ingarchilikning kamayib yoki ko‘payib ketayotgani so‘zimiz tasdig‘idir. Bu holat har bir aqli raso kishini befarq qoldirmasligi turgan gap.

2022 yil 11 oktyabr kuni Prezidentimiz mahallalarni obod qilish va aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ushbu dolzarb masalaga alohida to‘xtalib, daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozimligini ta'kidladilar.

Prezidentimizning jonkuyarlik bilan aytgan bu so‘zlari – ayni haqiqat. Chunki so‘nggi paytlarda aholi orasida atrof-muhitga bepisand, loqayd qarash hollari kuzatilmoqda. Bunday holatlar tobora ko‘payishi natijasida global ekologik muammolar yuzaga kelmoqda.

Muhtaram yurtdoshlar!

Islom dini doimo poklik va ozodalikka chaqiradi.

Avvalo, qalbdan boshlangan poklik ruhu tanimizni, atrof-muhit – yashab turgan vatanimizni ozoda saqlashga chorlaydi. Zero, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Poklik imonning yarmidir”, – deb, bejiz aytmaganlar (Imom Buxoriy va Imom Molik rivoyati). Boshqa hadisi sharifda: “Uylaringiz atrofini pok tutinglar”, – deganlar (Imom Buxoriy va Imom Tabaroniy rivoyati). Yuqoridagi hadislardan ma'lum bo‘ladiki, atrof-muhit pokligi qalb pokligi bilan bevosita uyg‘undir.

Uylarimiz atrofi, ariqlar, ko‘chalar, qabriston va uning atrofini hashar yo‘li bilan tozalash, bo‘sh joylarga ko‘chat ekishdek go‘zal odat qadimdan xalqimiz orasida urf bo‘lib kelgan. Ammo taassufki, so‘nggi paytlarda yurtdoshlarimiz bu qadriyatlardan uzoqlashayotgandek go‘yo.

 

Payariq tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 2 noyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 12 ta masjid va tumandagi 33 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Payariq tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Farzandning ota-ona oldidagi burchlari”,“Ota-onaga hurmat”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchlari”,“Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”,“Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Paxtachi tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 26 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Paxtachi tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblarihamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 12 ta masjid va tumandagi barcha 28 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Paxtachi tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”,“Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”,“Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

SAMARQANDDA SIYRAT TADBIRI O‘TKAZILMOQDA

24 oktyabr kuni soat Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” jome masjidida “Sizni sog‘indik, Yo Rasululloh!” mavzusida o‘tkazilayotgan siyrat tadbirini jonli efirda bizni kuzatishingiz mumkin!

https://fb.watch/gm2-6GhP1-/

 

Bugun qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Musulmon odam nima qilishi kerak?

Shu yilning 25 oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Uning umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda 2 soatdan ziyod davom etadi.Quyosh yuzasining deyarli 82 foizi Oy tomonidan to‘siladi, O‘zbekiston hududidan qaralganda — 68 foizi. Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi

 

21 oktyabr—O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas'ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim.

 

Narpay tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 18 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 18ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 28 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Hech kim mehr va ye'tibordan chetda qolmaydi... Siz bizga keraksiz

Joriy yilning 15 oktabr sanasida yeshitish va gapirishda nuqsoni bor shaxslar orasida missionerlikni tarqalishini oldini olish maqsadida doimiy tashkil qilib kelinayotgan “Siz bizga keraksiz” shiori ostida “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” diniy ma'rifiy xayriya tadbiri Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali va O‘MI Samarqand viloyat vakilligi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy hokimiyat vakillari, O‘MI mutaxassislari, Samarqand shahar xatibligi vakili va boshqa mehmonlar qatnashdilar.

 

Axloqsiz chalamulla, deyilayotgan shaxs aslida firibgar!

Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida “Kattaqo‘rg‘onlik chala mulla, o‘zini o‘qitishga kelgan ayolga tegajog‘lik qildi” sarlavhali xabar turli bahs-munozalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Natijada, mazkur shaxs Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, folbinlik, firibgarlik, ichkilikbozlik kabi dinimizda qattiq qoralangan ishlar bilan shug‘ullanadigan F.H. ismli fuqaro ekani ma'lum bo‘ldi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing