O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasidagi talabalar bilan urashuv o‘tkazildi

 
 

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Qashqadaryo viloyatidagi “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Samarqandlik talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Yo.Mansurov Samarqand viloyatidan mazkur ilm dargohiga kelib tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishib, dildan suhbatlashdi. Ushbu davra suhbatida Yoqubjon domla talaba yoshlarga "Ilm olish igna bilan quduq qazish kabidir” mavzusi haqida ma'ruza qilib berdilar. Shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Samarqand viloyatidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbirdan so‘ng, bilim yurti bilan kelgusida ham malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/11/2022 16:57;   Ko‘rilganligi: 303
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/xoja-buxoriy-orta-maxsus-islom-talim-muassasasidagi-talabalar-bilan-urashuv-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 03:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing