Narpay tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025 yil 8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.
Ishtixon tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.
Mazkur tadbirlardan so‘ng, Xayrullo domla Ishtixon tumani bosh imom-xatibi Toshmuhammad domla Abilov hamrohligida tuman markazidagi “Polvon ota” jome masjidi hududidagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.
Samarqand viloyati uchun "Haj-2025" mavsumi boshlandi
KUZATISH JARYOYONIDAN LAVHALAR
Ayni paytlarda “Haj – 2025” mavsumida Samarqand viloyatidan ilk ziyoratchilar Samarqanddan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.
Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik hissini ko‘rishimiz mumkin.
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda.
Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy ma'ruza qildi.
Jomboy tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025 yil 13 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Jomboy tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.
Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi
Bugun 28 aprel kuni Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Obi Rahmat” jome masjidida namunaviy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, O‘zMI mas'ullari, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, viloyat vakilligi xodimlari, tuman va shahar bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, «Haj – 2024» ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.
Pastdarg‘om tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025 yil 25 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.
Bugun, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov "Xo‘ja Abdu Darun" masjidida jamoat bilan uchrashib, "Boqimandalik va mehnat fazilati" mavzusida ma'ruza qildilar.
Bugun, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov "Xo‘ja Abdu Darun" masjidida jamoat bilan uchrashib, "Boqimandalik va mehnat fazilati" mavzusida ma'ruza qildilar.
Viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, saxovat ulashdi
Bugun, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, insonparvarlik va mehr-muruvvat ramzi bo‘lgan xayrli tashrifni amalga oshirdi.
Viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Samarqand shahridagi "Xo‘ja Is'hoqi Valiy" masjidiga tashrif buyurdilar.
Bugun, muborak Ramazon oyining fayzli kechalaridan birida, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Samarqand shahridagi "Xo‘ja Isoqi Valiy" masjidida taroveh namozini ado etdilar.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Ishtixon tumanidagi "Eshon Temirxon to‘ra" jome masjidida jamoatga ma'ruza qildilar
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi A.Alimov Ramazon oyining ulug‘ fazilatlaridan foydalanish maqsadida Ishtixon tumani "Eshon Temirxon to‘ra" jome masjidiga tashrif buyurib, taroveh namozidan oldin jamoatga "Dinimizda o‘zaro yordamning fazilati" mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, insonlar orasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bir-biriga yordam berishning ulug‘ savoblari haqida so‘z yuritdilar.
Uchta viloyatga bosh imom-xatiblar tayinlandi
28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati - 2025
Muborak Ramazoni sharifda tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar
Bulung‘ur tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025 yil 21 yanvar kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Bulung‘ur tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 16 ta masjid imom-xatiblari va imom-noiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi.
2024 yil faoliyat sarhisob qilindi
Bugun, 18 dekabr kuni Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan tuman-shahar bosh imom-xatiblari va bosh otinoyilari bilan 2024 yil sarhisobi bo‘yicha yakuniy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish avvalida Xayrullo domla Sattarov yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar va soha vakillari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, imom-domlalar har bir ishni qonunchilik doirasida amalga oshirishlari va din peshvosi bo‘lgan imomlar jamiyatning eng namunali kishisi bo‘lishlariga katta urg‘u qaratdi.