Оила

Erining ruxsatisiz u istamagan joylarga bormaslik baxtli hayot omilidir

Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV): “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin va ayollarga doimo yaxshilik qiling! Chunki ular qovurg‘adan yaratilgandirlar. Albatta, qovurg‘aning eng egri joyi yuqori qismidir. Agar uni to‘g‘irlayman deb urinsang, sindirasan. Agar uni tek qo‘ysang, egriligicha qolur. Bas, ayollarga doimo yaxshilik qiling”, dedilar.

 

Yetimga ozor berganlar, Allohning azobiga giriftor bo‘ladi.

Ota-onasi yoki ikkisining biridan ajrab qolgan bolalarning dili xasta, ko‘ngli yarim bo‘ladi. Ular tortgan dard alamini faqat yetimlikni boshidan o‘tkazganlargina to‘liq his qila oladi. Ota-onasining bag‘rida ulg‘ayganlar esa yetimning holini tushunishlari amri mahol. Yetimning shundog‘am vayron dilini og‘ritish, qalbiga ozor berish juda katta gunoh sanaladi. Qur'oni karimda yetimning molini yeganlar bilib qo‘ysinki, aslida ular qorniga olov yeyishmoqda, degan mazmunda oyat bor. Shariatimiz ota-onalaridan ajrab qolgan yarimko‘ngil yetimlar manfaatini qattiq himoya qiladi, ularga yaxshilik qilganlarga katta-katta va'dalar beradi.

 

Oila — jamiyatning asosidir

Dunyoda hamma narsa juft juft qilib yaratilgan. Inchunin erkagu ayolham.

 

Oilani erkak boqishi kerak emasmi? (Audio)

Savol: Assalomu alaykum Ustoz. Yaxshimisiz? Sizga savolim quyidagicha: qizimni uzatganimga 7 yil bo‘ldi. Alhamdulillax, kuyovim dinu-diyonatli deb, yaxshi niyatlar bilan havas qilib uzatgandim. Hozir ham yomon emas. Qizim uzatilgach, hijobga kirdi. Uch nafar farzandlik bo‘lishdi. Qaynona-qaynotasi bilan yashashadi. Menga hech ham gap tashimagan shu paytgacha. Keyingi paytlarda mazasi bo‘lmay, tushkunlikka tushib, yuragi og‘riydigan bo‘lib qoldi. Oxiri so‘rab surishtirib bildimki, u hech ham ko‘chaga chiqmas ekan.

 

Baxtli oila

Prezidentimiz oilaning jamiyatdagi mavqei va ahamiyatini ta'riflab aytganlaridek, «…Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustaxkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va xotirjamlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt tinch bulsagina davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukum suradi» deganlar.

 

Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muhabbat

"Mehr bersang-mehr olasan", deydi dono xalqimiz. Bu oddiy qoidaga ko‘ra odam boshqalarga mehr bersa, o‘ziga shunday javob qaytadi. Birovga mehr bermagan kishining boshqadan mehr kutishi yoki talab qilishi insofdan emas. Atrofidagilarga mehr ko‘rsatgan odam ham Rabbisidan savob oladi, ham boshqalar muhabbatini qozonadi. Mabodo, odamlar noshukurlik qilib, nomunosib javob qaytarsa ham, u hech narsa yutqazmaydi. Chunki, hamma narsa uning ajru savoblari amallar kitobiga naqd bo‘lib yoziladi. Inson Alloh rizosi uchun birovlarga mehr-shafqat ko‘rsatadi va boshqalardan shu munosabatni ko‘radi. Allox taola bandalariga o‘ta mehribon. Bizni ham rahm-shafqatli, mehribon bo‘lishga buyuradi. “Kim (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur). Kim (bir) yomon (gunoh ish) qilsa, faqat o‘sha (gunoh) miqdorida(bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay”. (An'om surasi, 160-oyat).

 

Oila muqaddas dargoh

Oila muqaddas dargoh. Oila shunday ilohiy-mo‘jizaviy maskan-manzilki, uning  sha'ni, sizning sha'ningiz, o‘z oilangiz obro‘siga putur yetkazadigan hatti harakatlardan saqlaning! Hayotning lazzati shirin turmushda.  Er-xotin inoq , bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishsa bu baxtdir. Zero , zamin yaxshi bo‘lsa nihol beshikast o‘sadi. Oilaviy baxt sizniki, uning qadriga yeting.

 

UYLANISH VA NIKOH ODOBLARI

Islom dinida nikoh – bu Allohning amri, Payg‘ambar (s.a.v)ning sunnatlari bilan mo‘min-musulmonlarning guvohligida bog‘lanadigan muqaddas rishtadir. Shuningdek, Qur'oni karimning Rum surasining 21-oyatida “Uning alomatlaridan (yana biri)-sizlar (Nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqli va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir” deb marhamat qiladi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.): «Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», deya marhamat qilganlar va boshqa bir hadislarida uylanishga, ko‘payishga buyurganlar. Termiziy (r.a) rivoyatida Nabiy (s.a.v): “To‘rt narsa Rasullarning sunnatlaridan: “ Hayo, xushbuy sepmoqlik, misvok va nikoh" dedilar. Ushbu to‘rt narsa Odam a.s.dan tortib, Muhammad a.s. gacha bo‘lgan barcha payg‘ambarlarning sunnatidir.

 

NOQONUNIY NIKOHNING SALBIY OQIBATLARI.

Barcha ishlarimizga Alloh taoloning amri va ikki olam sarvari, Payg‘ambarimizning hadisi muboraklarini asos qilib amal qilsak biz musulmonlarning vazifamizdir. Farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni va ma'naviy tarbiya mas'alasini hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etishini esdan chiqarmasligimiz darkor.

 

Yosh avlod tarbiyasiga etiborli bo‘laylik

Farzand tarbiyasi deganda ko‘pincha insonlar ko‘z o‘ngida

onalar gavdalanadi bu ishlar guyo otaning zimmasidan soqit bo‘lganday, aslida qanday bo‘lish kerak.

قال رسول الله صلي الله عليه و سلّم :" رحم الله والدَ أعان ولدَهُ على برّهِ

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing