Oila muqaddas dargoh
Oila muqaddas dargoh. Oila shunday ilohiy-mo‘jizaviy maskan-manzilki, uning sha'ni, sizning sha'ningiz, o‘z oilangiz obro‘siga putur yetkazadigan hatti harakatlardan saqlaning! Hayotning lazzati shirin turmushda. Er-xotin inoq , bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishsa bu baxtdir. Zero , zamin yaxshi bo‘lsa nihol beshikast o‘sadi. Oilaviy baxt sizniki, uning qadriga yeting.
O‘zbek oilasi, o‘zbek xonadoni shunday qurulganki, unga dunyo xalqlari havasmand desak sira mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. O‘zbek oilasida farzand tarbiyasi o‘ta muhim sanaladi. Tarbiya sanati shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli. Ba'zilarga esa juda oson tuyuladi. Bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik tanish bo‘lsa, unga shunchalik tushunarli va oson bo‘lib tuyuladi. Hamma tarbiya sabr-toqatni talab qiladi. Ayrimlar buning uchun tug‘ma qobilyat va malaka, ya'ni ko‘nikma kerak deb uylaydilar. Lekin juda kam qism bundan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, inson ona qornidan yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. U birday tug‘iladi. Yaxshi yoki yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-kuy, qishloq va ovul,qolaversa jamiyat tuzimidandir.
Xalq bisotidan eng yaxshi tabarruk so‘zlar duo, olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe , xalq ananaviy tarbiyasida yaxshi so‘z , duo olqishning tasir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson manaviy ustuvorligi, iymon etiqodi butunligi, qisqasi kishilarning xar tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan o‘rni va roliga alohida ahamiyat beriladi.
Xalq tarbiyasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod –avlodlarning axloqiy, ma'rifiy shakillanishida va kamolotida jismoniy barkamolligiga hal qilivchi rol o‘ynaydi. Oddiy insonlarmi yoki buyuk allomalar, shunchaki fuqaromi yoki yurt sultonlari kichik suvoriymi yoki ulug‘ sarkardami ularning barchasi tarbiya ananalariga to‘la amal qilgan, unga suyangan, tayangan holda yashab, faoliyat ko‘rsatib kelgan. El-yurt nazariga tushgan, olqishga sazovor bo‘lgan.
Darhaqiqat vatan taqdiri, xalq ravnaqi mustaqil yurtning kelajagi uchun avlod tarbiyasi bugunning birinchi masalasiga aylandi. Har qanday boylikning nihoyasi bo‘ladi, oltin, zar, zarbobga, ulanishning umri qisqa. Osmono‘par binolar qulashi, sulolalar kelib-ketishi, avlodlar ketidan yangilari kelishi tabiiy. Ammo xalq tarbiyasi qiyqirib oquvchi daryoday, uyg‘oq musaffo chashmaday betinim quyosh taftiday issiq, oy nuriday nurafshon, hayotning o‘ziday g‘uzal, bedor insonlarday uyg‘oq holda avlodlar tarbiyasiga hamisha o‘z vazifasini aytib kelgan.
O‘zbek oilalarining o‘ziga xos xususiyati sifatida er va xotin munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Er oiladagi barcha og‘ir yumushlarni buyniga olishdan tashqari, xotini, bola chaqlarining nomusi ximoyachisidir. Bu haqida nikoh kuniyoq oqsoqollar tomonidan yosh kelin kuvlarga bir oz oilasini qanday asrab-avaylash, bolalarga mehribonlik qilish, tarbiyalash xususida bir umr esdan chiqmaydigan nasihatlar beradi. Shunday talablarga amal qilib yashaydigan erning qadri, xurmati o‘zbek oilasida doimo yuqori bo‘lgan. Shuning uchun ham uning bolalari, xotini hurmatini, joyiga quyishadi. Erkakning ulug‘ligi shunda deb bilishadi.
Oiladagi sog‘lom muhitni ko‘pincha ayol belgilaydi. Tadbirkor, nazokatli ayol johil erni to‘g‘ri yo‘lga solib, ro‘zg‘orga fayzu-baraka, osoyishta muhit, pokizalik baxsh etadi. Er oilani iqtisodiy ta'minlashdan tortib, barcha og‘ir yumushlarni buyniga olar ekan, xotin zimmasida ovqat pishirishdan tortib,bola parvarishiga bo‘lgan juda nozik did talab qiladigan ishlar tushadi va ularni bajarishni o‘z burchi deb biladi. O‘zbek oilalarida bunday munosabat ortiqcha shov-shuvsiz, tabiiy ravishda amalga oshiriladi. Bir –biriga ahil oila jamoasini tashkil qila bilish oila tarbiyasining muhim omillaridan biridir. Har bir oila a'zosi o‘z burchini tug‘ri anglashi va uni sidqi dildan bajarishi lozim. Shuningdek, bolani tarbiya qilishda ota-onaning o‘zaro maslaxatlashib, unga bir xilda ta'sir ko‘rsatishlari zarurdir.
Olimlarning oilani tarbiyaviy rolini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada yosh avlodni shakillantirishda birinchi va asosiy rolni oila, ikkinchi o‘rinda maktab, uchunchi o‘rinda tengqurlari, to‘rtinchi o‘rinda mahalla, adabiyot, san'at , kino va televideniye turadi. Oila birinchi va asosiy tarbiyachisidir. Oilada ota- ustun, ona-tayanch hisoblanadi.
Odatda otani “Padaribuzrukvor”, onani “Mehribon volida” deymiz. Chunki hech bir insonning otadan ulug‘ , qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishisi yuq. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko‘z qorachig‘iday asrab avaylab, voyaga yetkazibgina qolmasdan, hamma vaqt quyosh yanglig‘ hayotimizga nur ato etadi.
Eng ulug‘ mehr bu ota-onaga bo‘lgan mehrdir. Ushbu mehr oilada, mahallalarda shakillanadi. Inson bolasining qalbida avvalo ota-onaga mehr quyadi. Ota-onaga mehrli bo‘lish har bir farzandga Quroni Karim orqali Alloh tomonidan buyurilgan bola hayotida kimga erishmog‘i kerak , u namuna oldindan qiyofa yeti qavat osmonda emas, balki o‘zimiz yashab turgan ona zamindadir.
B.Ismoilov Tayloq tuman bosh imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 10/07/2020 12:26; Ko‘rilganligi: 43101
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:03