Долзарб мавзу

Qurbonlikning fazilati va savobi – Qurbonlikning ilk tomchisi tushganida Alloh taolo gunohlarni kechiradi

Alloh taolo uchun jonliq so‘yish Islom dinining shiorlaridan, go‘zal an'analaridan va shariatimiz buyurgan buyuk ishlardan hisoblanadi. Uning hikmat va fazilatlari beqiyosdir. Avvalo bu ish bandani Allohga yaqinlashtiradi. Shu bois ham qurbonlikni sof niyat bilan, Allohga qurbat hosil qilay, Uning roziligini topay, degan pokiza maqsadlarda amalga oshirish lozim.

 

Qurbonlik go‘shtini ulashish – eng maqbul amal

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lgan Qurbon hayiti yaqinlashmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 13 iyuldagi qaroriga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul – Qurbon hayiti bayrami kuni deb belgilandi.

 

Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunining fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

:Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi

وَالْفَجْرِ وَلَيَالٍ عَشْرٍ وَالشَّفْعِ وَالْوَتْرِ.

«Tonga qasam. (Zulhijja oyidagi avvalgi) o‘n kechaga qasam. Juft va toqqa qasam» (Fajr 1-3 oyatlar).

 

Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi.

Dunyoda osoyishta muhitni izdan chiqarishga qaratilgan vayronkor g‘oyalarning yangidan yangi shakllari paydo bo‘layotgani har daqiqa ogoh bo‘lishni talab qiladi.

 

AL-FIQH AL-AKBAR IMOM ABU HANIFAGA TEGISHLI EMASMI?

Ahmad ibn Taymiyaning izdoshlari bo‘lmish “salafiy”lar tarafdan ahli sunna val-jamoa aqidasida yozilgan mashhur matn al-Fiqh al-akbar asarini imom A'zam Abu Hanifaga tegishli emas degan iddao ilgari suriladi. Salafiy imom Alboniyga ayni shu mavzuda savol berishadi. U “imom Abu Hanifaning aqidagi doir hech qanday asari yo‘q” deb javob bergan (“Hidoyat va Nur” turkum ko‘rsatuvlari. 52-son).

 

BUGUNGI BUZG‘UNCHI OQIMLARNING ASOSIY DASTAK QILIB USHLAGAN NARSASI NIMA?

Islom dinida tinchlikka va kishilarning osoyishtaligiga rahna soladigan barcha ishlar buzg‘unchilik-fasod ishlardan sanaladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi 205-oyatida "Va holbuki, Alloh fasodni xush ko‘rmas" deyilgan.
Terrorchilik va aqidaparastlik begunoh odamlarning qoni to‘kilishiga olib keladi. Muqaddas Islom dinimizda bunday ishlar qat'iy man etilib, Qur'onda "Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi" (Moida, 32) deya qat'iy qoralangan.

 

Ekstremizm va terrorizm jamiyat tahdidi

Bizga ma'lumki, bugungi kunda musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqdalar. Mazkur hududlarda din niqobi ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, buzg‘unchilik, musulmonchilikka zid, vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi.

 

Qaynona – kelin ahilligi oila tinchligi demakdir

Boshqa millat vakillarining ko‘pchiligi biz o‘zbeklarning oilaviy hayotimizga, ya'ni, qarindosh urug‘larning bir-birlariga bo‘lgan silai-rahmlariga va bizdagi odatlar, to‘y-marosimlarimizga havas bilan qaraydilar.

 

Iqtisodiy sohadagi yutuqlarimiz - Vatan ravnaqining asosi

Insonlarning ma'naviy hayoti qanchalik yaxshi bo‘lishi barobarida iqtisodiy tomondan ham barkamol bo‘lishini dinimizda keng targ‘ib qilingan. Jumladan, xaloldan rizq talab qilish, ehtiyojmand kishilarga beminnat moddiy yordam berish, haj, zakot, sadaqai joriya va boshqa ko‘plab moliyaviy amallar ibodat hisoblanib, katta ajru savoblar beriladi.

 

OHOD HADISLARNING AQIDA VA FIQH ILMLARIDA ROLI

Ohod hadislar va ularning hujjat bo‘lish-bo‘lmasligiga aloqador bahsli masalalar musulmonlar orasida turlicha shaklu shamoilda namoyon bo‘lib turgan. Fiqhiy masalalarda ohod hadisning hujjatligi masalasi deyarli o‘rtaga tashlanmaydi. Ohod hadislar fiqhiy masalalarda bo‘lganidek ba'zi shartlar va hukmdagi farqlarga ko‘ra aqidaviy masalalarda ham hujjat bo‘lishi haqiqatga yaqinroq bo‘lishiga qaramay, bu mavzu ko‘p bahsli munozaralarga sabab bo‘lgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing