O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Jinlar haqida

 
 

Abu Ja'farut-Tahoviy “Mushkilul-Osor”da qoriyn (shayton insonga briktilgani) haqida so‘z yuritib shunday degan:

Ibn Mas'ud raziyallohu anhu Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi:
“Sizlardan hech biringiz yo‘qki, u bilan birga bir jin (shayton) bo‘lmasin.”

Sahobalar so‘radilar:
“Siz bilan hammi, ey Allohning Rasuli?”

Rasululloh ﷺ dedilar:
“Ha, men bilan ham. Lekin Alloh menga yordam berdi va u Islomni qabul qildi. Shuning uchun u menga faqat yaxshilikni buyuradi.”

“Agar birov shunday desa:

“Agar birov shunday desa: •

Rasululloh ﷺdan bu borada shunday narsa rivoyat qilinganki, uni tushunish uchun mavjud ziddiyatlarni bartaraf etish zarur. Shuningdek, Rasululloh ﷺga xos bo‘lgan holatlardan biri ham rivoyat qilingan, ya'ni u zotning shaytonlari islomni qabul qilgan va shu sababli u zot undan omon bo‘lgan.

Bu borada Abu Azhar Ansoriy rivoyat qilgan hadis zikr qilingan. Unda shunday deyiladi:

“Rasululloh ﷺ kechasi yotog‘iga yotganlarida shunday der edilar: “Bismillah, yonboshimni qo‘ydim. Allohim, shaytonimning vasvasalaridan, garovda qolishdan, (gunohlar bois azoblanishdan) amallarimning tarozini yengillashtirishdan (savobim oz bo‘lishdan) panoh tilayman. Meni ulug‘ majlisga (Jannat ahli qatoriga) qo‘shgin.”

(Shunday deyilsa,) biz unga shunday javob beramiz: “Bizga ma'lum bo‘lishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu duoni o‘z shaytoni Islomga kirishidan avval qilganlar. Shaytoni Islomni qabul qilgandan keyin esa, u zotga qarshi hech qanday yomonlik qila olmasligi sababli, u zot bundan keyin bu duoni qilmagan bo‘lishlari kerak.” Va Alloh taolo haqiqiy bilim sohibidir.”

«Okomul-Marjon fi Ahkamil-Jan» O‘ninchi bob 

Melikov Abdullo tayorladi


Kiritilgan vaqti: 05/04/2025 09:22;   Ko‘rilganligi: 471
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/jinlar-haqida
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing