Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning xabarni (hadisni) qabul qilish borasidagi qarashlari
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning bu boradagi so‘zlari juda ko‘p uchraydi. Hatto aytish mumkinki, bu masalada u zotdan rivoyat qilingan xabarlar ma'naviy tavoturga yetgan. Shuningdek, hanafiy mazhabining har bir avlodi ustozlaridan shu usulni o‘rganib kelgan, va bu tartib bizgacha uzluksiz yetkazilgan.

Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh hadisni qiyosdan oldin qo‘yishini tasdiqlovchi bir qancha rivoyatlar mavjud. Quyida shunday rivoyatlardan biri keltiriladi:
1. Ibn Ma'iyn, Ibn Abu Avvom, as-Saymariy, Ibn Abdilbarr, Bayhaqiy, Xatib Bag‘dodiy va Muvaffaq rahimahumulloh Ubayd ibn Qurradan rivoyat qiladilar:
Abdulloh an-Namriy aytadi:
“Men Yahyo ibn Duraysdan eshitdim. U shunday dedi:
Sufyon (as-Savriy) huzuriga bir odam kelib:
— Abu Hanifaga nisbatan nima deb o‘ylaysan? — deb so‘radi.
Sufyon:
— Unga Nima bo‘libdi? — deb javob berdi.
U kishi:
— Men uning shunday deganini eshitdim: Men Allohning Kitobidan olaman, agar u yerda topmasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatidan olaman. Agar Allohning Kitobida va Rasulullohning sunnatida topmasam, sahobalarning so‘zlaridan olaman. Ulardan xohlaganimni olaman va xohlaganimni tark qilaman, ammo ularning so‘zidan tashqariga chiqmayman.”
Bu rivoyat Imom Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) o‘z fiqhiy usulida birinchi navbatda Qur'on va Sunnatga tayanishini, agar ularda ochiq hukm bo‘lmasa, sahobalarning so‘zlariga yuzlanishini va ulardan tashqariga chiqmasligini ko‘rsatadi.
Dirosatun fi usulil hadis ala manhajil hanafiya 252-s
Melikov Abdullo tayorladi
Kiritilgan vaqti: 03/04/2025 12:51; Ko‘rilganligi: 232
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:20