Долзарб мавзу

Eng og‘ir sabr

Sabr insonga xos bo‘lgan fazilat. O‘z nomi bilan boshqa fazilatlarga qaraganda ko‘proq mashaqqatni talab qiladi. Shuning uchun sabrga beriladigan mukofot ham o‘sha maqomga munosib bo‘ladi. Bu haqda Qur'oni karimda bunday bayon qilinadi: “Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobdan tashqari berilur” (Zumar, 10).

Sabrning navlari bor – musibatga sabr, ko‘ngil xohishlariga sabr va ibodatga sabr.

 

Solih farzandni qanday tarbiyalash mumkin?

Bugun yoshlarning gapga kirmasli­gi, o‘qishining pastligi, odobining haminqadarligi haqida ko‘p gapiril­moqda. Buni to‘g‘rilashimiz uchun nima qilmok kerak? Shu mavzuda poytaxtimizdagi “Hasanboy” jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid domlaning fikrlari bilan qiziqdik. 

 

Sunnat va hadislarga amal qilganlarning ishlari to‘g‘ri, o‘zlari najotda bo‘ladi

Hozirgi kunda aksar kishilar diniy ma'ruzalarni audio holatda tinglashni xush ko‘rishlariga guvoh bo‘lamiz. Ba'zilar video suhbatlardan ham bahramand bo‘lishadi. Bu holatlar ham albatta ummat uchun manfaatlidir. Ilmning asosiy manbai bo‘lgan kitoblarni mutolaa qilish esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdan ko‘ra kam ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Mayli, asosiysi ilm va ma'rifatni qaysi manbadan bo‘lsada egallashdir.

 

Har bir mo‘min bilishi kerak! (1 qism)

“Risolatul mustarshidiyn” asarining muallifi Horis ibn Asad Muhosibiy mo‘minlarga nasihat o‘laroq quyidagi gaplarni aygan. Ta'kidlash lozimki, bu nasihatlarga amal qilishga har bir mo‘min kishi muhtojdir:

“Niyatingni tekshirgin, maqsadingni aniqlagin. Zero, savob olish niyatga bog‘liqdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqidir. Albatta, har bir kishiga niyat qilgan narsasi bo‘ladi”.

 

Eng yaxshi va eng yomon odam

Abdurahmon ibn Abu Bakra roziyallohu anhudan, u otasidan rivoyat qiladi: “Bir kishi: “Ey, Allohning Rasuli! Insonlarning qaysisi afzal” – dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Umri uzoq bo‘lib, amali chiroyli bo‘lgani” – dedilar. U: “Insonlarning qaysinisi yomon” – dedi. U zot sollallohu alayhi va sallam: “Umri uzoq bo‘lib, amali yomon bo‘lgani” – dedilar” (Imom Termiziy rivoyati).

 

Ilm uchun 14000 kmlik safar

Imom al-Buxoriy ilm talabida Islom yurtlarini deyarli hammasiga safar qilganlar. Yurtlarida ekanliklarida o‘n olti yoshga to‘ldilar. Shundan so‘ng hadis talabida uzoq muddatli rihlatga otlanib, uni dastlab onalari va akalari Ahmad hamrohligida Baytullohga haj qilishdan boshladilar.

Akalari Ahmad onalari bilan haj safaridan Buxoroga qaytadi. Imom Buxoriy esa Makkada qolib, hadis ilmini o‘rganishda davom etadi. Bu mashg‘ulot Imom al-Buxoriyning qolgan butun muborak umrlarini band etib, u kishi shu maqsad yo‘lida o‘sha vaqtda Islom olamida mavjud bo‘lgan ko‘pchilik ilmiy markazlarga bordilar. O‘sha yerlardagi shayx ulamolar og‘zidan hadislar yozib oldilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hadisi shariflarini to‘plash, ularni musulmonlar orasida yoyish yo‘lida behad mashaqqatlar chekkanlari tufayli vujudlari toliqib cho‘pdek ozg‘in bo‘lganlar. Qanchadan-qancha xavfi xatarlarni boshdan kechirgan.

 

“Abu Hanifani faqat ilmsiz kishigina ayblaydi!”

Abu Hanifa rahimahulloh buyuk fiqh madrasasi sohibi, fiqhda va taqvoda imom. Zamonasidan bugunga bugungacha eng katta fiqhiy mazhab asoschisi. Barcha ilmlarga peshqadam bo‘lgan zot. Zamonasidagi va keyingi ulamolar u kishini e'tirof etib, ko‘p maqtovlar aytganlar. Ammo ba'zi olimlar tomonidan u kishi hadis ilmi borasida e'tirozlar va ta'nalar yetgan. Bunday e'tirozlar ummat qabul qilgan ulamolarga ta'sir qilmaydi.

 

O‘zingizdan iz qoldiring!

Ezgulik so‘qmoqlarida o‘zingizdan iz qoldiring. Chunki buning oxiratda ajr-mukofoti bo‘ladi. Allohning huzurida aslo zoye bo‘lmaydi. Axir Alloh taolo bu haqda aytgan-ku: “Albatta, Biz, O‘zimiz o‘liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz” (Yosin surasi, 12-oyat).

 

Ustozni xotirlab

Alloh taolo yaratgan barcha mahluqotlar ichida eng azizu mukarrami shubhasiz, insondir. Qur'oni karimda: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik...” (“Isro” surasi, 70-oyat) deb marhamat qilinadi. Shu bois ham, dinimiz ahkomlari, muqaddas kitoblarimizda ibodat, imon masalalari bilan bir qatorda insonni ulug‘lash, insoniy munosabatlarning oliy darajada bo‘lishligi nazarda tutiladi.

 

Emizikli ona har bir tomchi sut uchun mukofot oladi

Tug‘ilgandan so‘ng, odam ona sutiga muhtoj. Ushbu noyob mahsulot, qodir Alloh taoloning irodasi bilan, kichik organizm uchun zarur bo‘lgan ko‘plab vitaminlar va ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi. Bolasini boqayotganda, ayol unga sevgisini va g‘amxo‘rligini namoyish etadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing