Vatanni sevmoq iymondandir !
Inson tug‘ilib o‘sgan joyi uning vatani bo‘ladi. Inson bu dunyoda hayot kechirar ekan o‘z vatani, oilasi, yaqinlariga bo‘lgan muhabbati jo‘sh urib turadi. Tarixdan bizga ma'lumki, ota bobolarimiz mana shunday Tinch, Faravon, ozod va obod vatanni qurish yo‘lida jon fido qilib o‘tishgan. Negaki vatanga bo‘lgan muhabbat ularni shu yo‘lda o‘z jonlarini fido qilishga chorlagan. Hech kim hech qachon o‘z diyorini dushmanga ravo ko‘rmaydi hattoki bir qarich yeri uchun ham o‘z jonini fido qiladi. Vatanga bo‘lgan muhabbat shunday hissiyotki uni tushuntirib berishga so‘z ojiz. Vatandan uzoqda bo‘lgan insonni qalbi doimo sog‘inchda, o‘z yurtiga qaytish armonida bo‘ladi. Tarixda bunday hodisalar juda ko‘plab yuz bergan. Bunga misol qilib, Hazrati Qusam ibn Abbos (r.a) ning vafotlaridan oldingi holatlarini keltirmoqchiman.
VISOL KECHASI
Hayotimizda uchraydigan har qanday masalada Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlaridan javob topishimiz mumkin. Dastlabki ma'lumot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kuyovlari hazrati Ali roziyallohu anhuning qizlari Fotimai Zahro roziyallohu anhoning oldilariga to‘ydan keyin birinchi kirishlaridan oldin qilgan ishlari va duolari haqidadir.
Yaxshilikni yaqinlardan boshlash
Darhaqiqat, dinimiz ta'limotida hamma masalalar haqida ochiq oydin bayon qilingan. Jumladan yaxshilikning fazilati va zararlari ham bayon qilingan bo‘lib, islom dinida yaxshilikni avval o‘z yaqinlaringdan boshlanglar deb buyurilgandir. Yaqinlarga qilinadigan yaxshilik esa shar'iy istilohda silai rahm deyiladi. “Silai rahm” iborasi arabcha so‘z bo‘lib, u qavmu qarindoshlik rishtalarini mahkam bog‘lash ma'nosida tushuniladi.
ERTA NIKOHNING SALBIY OQIBATLARI
Barchalaringizga yaxshi ma'lumki, islom ta'limotida insonning joni, aqli va uning sog‘ligini saqlash, muhofaza qilish eng muhim maqsadlardan. Inson uchun eng bebaho boylik bu sog‘lik salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Biroq salomatlik kabi ilohiy ne'matni qadrini ba'zida yo‘qotib, unutib qo‘yayotgandekmiz.
KECHIRIMLI BO‘LISHGA O‘RGANAYLIK!
Hadisi shariflarda mo‘min-musulmonlar bir-birlariga birodar, aka-uka bo‘lishlari kerak. Oralaridan gap-so‘z o‘tgan, og‘ir botadigan gap aytgan, ish qilgan bo‘lsalar, ularni ko‘ngildan chiqarib tashlash uchun shariatda uch kun muhlat berilgan. Musulmon odam uch kun ichida hovridan tushsin, o‘z-o‘ziga nasiyhat qilsin va uch kundan oshirmasdan yarashib olsin, bunday arazlashib yurishni o‘ziga ep ko‘rmasin deya ta'kidlangan.
Voyaga yetmagan va yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari
Barcha maxluqotni juft qilib yaratgan va insonni nikoh bilan sharaflantirgan Alloh taologa behad hamdu sano va shukuronalar bo‘lsin. Bu nikoh bizlarni fahshdan, zinodan saqlovchi halol bilan haromni ajratib turuvchi chegara to‘siqdir. “Nikohlanish mening sunnatimdir, bas kim sunnatimdan yuz o‘girsa, bizdan emas”, deb nikoh bilan oila qurushga da'vat qilgan xaq payg‘ambarimiz hazrat Muhammad Mustafo sallolloxu alayxi vasalam ga salomlarimiz bo‘lsin. Nikoh muqaddas rishta bo‘lib, bir oila bir jamiyatni vujudga kelishi demakdir. Nikohni ba'zi hollarda qiyinchilik, yetishmovchilikka sabab bo‘ladi, deb gumon qiladigan insonlar ham uchrab to‘radi. Aksincha, nikoh tufayli insonni rizqi va davlati ziyoda bo‘ladi.
QO‘SHNICHILIK ODOBLARI
Muqaddas islom dini insonlarni o‘zaro bir birlari bilan do‘stlikda, hamjihatlikda, mehr-oqibatda yashashga targ‘ib qiladi. Bu bilan jamiyat a'zolari o‘rtasida ahillik, do‘stlik, hurmat izzat kabi axloqiy fazilatlar kamol topib, jamiyat taraqqiyoti va ravnaqiga juda katta ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatda ma'naviy-ahloqiy muhit barqarorligi ta'minlanadi. Shunday aloqalardan biri – qo‘shnichilik aloqalaridir.
OILAVIY HYOYOT SAODATDIR
Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey yigitlar jamoasi, sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir”, deya marhamat qilganlar.
Qaynona – kelin ahilligi oila tinchligi demakdir
Oila insonning dunyoviy saodatini ta'minlovchi qo‘rg‘ondir. Oilada doimo tinchlik va totuvlik davom yetishi uchun yer va xotin, qaynona va kelin o‘zlarining vazifa va burchlarini to‘liq ado yetib borishlari lozim. Zero, oila faqat yer-xotindangina iborat yemas, ularning ota-onalari va farzandlari ham shu oianing a'zolari sanaladi. Shunga binoan, shariatimizda qaynota va qaynona kuyov yoki kelinga nisbatan qanday maqomda turishi ham bayon yetilgan.
Oila a'zolarning huquq va majburiyatlari
Oilada farzandlarning huquqlari himoya qilingan bo‘lib, bu huquqlar ularning ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari, yashayotgan jamiyatlariga vazifa qilib yuklatilgan. Bu haqlarni ado etish vojib bo‘lib, farzandlarning qanday huquqlari bor? degan savolga ulamolarimiz quyidagilarni zikr qiladilar:
- Nasab. Nikohning asl maqsadlaridan biri ham naslu nasabni saqlashdir. Busiz oila ham, jamiyat ham bo‘lmaydi. Farzandning ota-onasi nikohdan o‘tgan, halol-pok yashagandagina nasabi aniq va pok bo‘ladi.
- Bo‘lajak farzandga munosib ona va ota tanlash. Islom bola haqida u hali dunyoga kelmasdan ancha oldin, oila qurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytdan boshlab qayg‘ura boshlaydi. “Talxiys” nomli kitobda Oisha (r.anho)dan rivoyat qilingan quyidagi hadis keltirilgan: