O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

Erining ruxsatisiz u istamagan joylarga bormaslik baxtli hayot omilidir

 
 

Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV): “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin va ayollarga doimo yaxshilik qiling! Chunki ular qovurg‘adan yaratilgandirlar. Albatta, qovurg‘aning eng egri joyi yuqori qismidir. Agar uni to‘g‘irlayman deb urinsang, sindirasan. Agar uni tek qo‘ysang, egriligicha qolur. Bas, ayollarga doimo yaxshilik qiling”, dedilar.

Alloh rozi bo‘ladigan, Payg‘ambarimiz ta'lim bergan oilani barpo etish, uni chinakam baxt qasriga aylantirish, farzandlarning kamolini ko‘rish har bir mo‘min va mo‘minaning ezgu orzusidandir. Bunday baxt-saodatga erishishning muhim omillaridan biri ayol kishining erining ruxsatisiz u istamagan yerlarga bormasligidir.

Oilada er xotin bir-birlarini hatti-harakatlari va odatlariga ham mas'ul bo‘lishlari lozim. Chunki ular endi falon kishining xotini, yoki falon ayolning eri deb tilga olinadi. Shu bois, erkak xotinining, xotin esa erining harakatlaridan ta'sirlanadi. Bu borada, ayniqsa ayol kishi hushyorroq, e'tiborliroq bo‘lishi lozim. Chunki ayol borgan joylar g‘iybat mavzusiga aylanishi mumkin, natijada oralarida janjal, kelishmovchilik kelib chiqishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun xotin eridan raxsat so‘rab olishi lozim. Erining uyda yo‘qligidan foydalanib, yashirincha bozor aylanadigan, ko‘cha kezadigan ayollar, ham ko‘zbo‘yamachilik qilgani uchun, ham erini ranjitgani uchun katta gunoh orttiradilar. Mabodo, biror joyda eri bilan yuzma-yuz kelib qolsa, muammo chiqishi tayin, oilani avvalgidek saqlashning imkoni bo‘lmay qoladi. Erning xotiniga nisbatan ishonchi yo‘qolib, xotining odatiy harakatlaridan ham shubhalanadigan bo‘lib qoladi. Bu holat er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushiradi. Ko‘pincha xotinlar erining asabiylashuvi va o‘rtaga sovuqlik tushganini kimdir issiq-sovuq qilgan deb o‘ylashadi. Xolbuki, bu holat asosan ayol kishining o‘z hatti-harakatlari oqibatida yuzaga keladi.

Barcha ayollarimizga erini rozi qilib, jannat ahillaridan bo‘lish nasib etsin.

N. Temirova – viloyat bosh imom xatibinig xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Kiritilgan vaqti: 30/11/2022 11:11;   Ko‘rilganligi: 573
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/family/erining-ruxsatisiz-u-istamagan-joylarga-bormaslik-baxtli-hayot-omilidir
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 11:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing