O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashriflar amalga oshirildi.

 
 

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari va iqtidorli imom-xatiblarimiz taqsimot asosida viloyatimizning Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashrif buyurdilar.

Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Bulung‘ur tumanining markazida joylashgan “Amir Hamza” jome masjidiga, Ishtixon tumani bosh imom-xatibi Toshmuhammad domla Abilov “Olomon” jome masjidiga, Samarqand shahar “Domla Kamoliddin”  masjidi imom-xatibi Ismatullo domla Absalomov “Kildon” jomesiga, Jomboy tuman bosh imom-xatibi Nurbek domla Xidirov “Poyga tepa” jome masjidiga, Narpay tuman bosh imom-xatibi Isomiddin domla Isayev “Xo‘ja Xofiz” jome masjidiga, Nurobod tuman bosh imom-xatibi Rahmatullo (Rafael) domla Ravshanov “Erganakli” jome masjidiga, Oqdaryo tuman bosh imom-xatibi Habibullo domla Oblaqulov “G‘ishtli ota” jomesiga, Payariq tuman bosh imom-xatibi  Mansurjon domla Abduxoliqov “Suluvqo‘rg‘on” jome masjidiga, Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi Ozod domla Nazarov “Bulung‘ur” jome masjidiga, Paxtachi tuman bosh imom-xatibi Isroil domla Amirillayev “Cho‘yantepa” jome masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Abul Hasan Andoqiy” masjidi imom-xatibi Safaxon domla Bakayev “Sarqipchoq” jome masjidiga, Urgut tuman “G‘avsul A'zam” masjidi imom-xatibi To‘lqin domla Isayev “Beshariq changal” jome masjidiga, Tayloq tuman bosh imom-xatibi Bekmurod domla Ismoilov “Kichik Kildon” jome masjidiga va Samarqand tumani bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov “Isori O‘roqli” jome masjidiga tashrif buyurib, Juma namozidan oldin tezis asosida jamoatga mazmunli ma'ruza qilib berdilar hamda jamoat bilan birga Juma namozini ado qildilar. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad masjidlarda juma namozini ado etish, jamoat bilan dildan suhbat qilish, masjid faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro tajriba almashish hisoblanadi.

O‘z navbatida masjid ahli va namozxonlar mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, olib borayotgan ishlariga muvaffaqiyat, yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lishini so‘rab, iliq tilaklar bildirib qoldilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/12/2022 16:23;   Ko‘rilganligi: 470
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bulungur-tumanidagi-masjidlarga-tashriflar-amalga-oshirildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing