O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (janatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”.

 
 

Butun olamning Parvardigori karami keng, saxovati cheksiz bo‘lgan zotki, U o‘z xazinai g‘aybiyasidan bandalariga qancha in'om qilsa-da, undan hech bir narsa kamaymaydi. Parvardigorimiz biz bandalarini ham O‘zining sifatlaridan o‘rnak olib, doimo xayru saxovatli bo‘lishga va ehson qilishlikka buyuradi.

Barchamizga ma'lumki yurtimizda sovuq kunlar haligacha davom etib kelmoqda. Bunday sinovli kunlar insonlarni birdamlikka, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga undamoqda. Shu munosabat ila Samarqand shahar "Panjob" jome masjidi imom-xatibi Botirali domla Rizayev tashabbusi bilan, homiylar jalb qilingan holda 100 kg osh damlanib, 500 ta muhtoj oilalarga ehson tariqasida tarqatildi.

Alloh taolo hammamizni beradigan ehson va muruvvatlarimiz, yaxshilik va sadaqotlarimizni ixlos va chin dildan ato etuvchi sahovatli insonlar safidan joy olishimizni nasib etib, O‘zi isrofdan saqlanishimiz uchun madad bersin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/01/2023 10:29;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/suygan-narsalaringizdan-ehson-qilmaguningizgacha-sira-yaxshilikka-janatga-erisha-olmaysizlar-nimaniki-ehson-qilsangiz-albatta-alloh-uni-biluvchidir
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing