Axborot xizmati

21 oktyabr—O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas'ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim.

 

Narpay tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 18 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 18ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 28 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Hech kim mehr va ye'tibordan chetda qolmaydi... Siz bizga keraksiz

Joriy yilning 15 oktabr sanasida yeshitish va gapirishda nuqsoni bor shaxslar orasida missionerlikni tarqalishini oldini olish maqsadida doimiy tashkil qilib kelinayotgan “Siz bizga keraksiz” shiori ostida “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” diniy ma'rifiy xayriya tadbiri Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali va O‘MI Samarqand viloyat vakilligi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy hokimiyat vakillari, O‘MI mutaxassislari, Samarqand shahar xatibligi vakili va boshqa mehmonlar qatnashdilar.

 

Axloqsiz chalamulla, deyilayotgan shaxs aslida firibgar!

Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida “Kattaqo‘rg‘onlik chala mulla, o‘zini o‘qitishga kelgan ayolga tegajog‘lik qildi” sarlavhali xabar turli bahs-munozalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Natijada, mazkur shaxs Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, folbinlik, firibgarlik, ichkilikbozlik kabi dinimizda qattiq qoralangan ishlar bilan shug‘ullanadigan F.H. ismli fuqaro ekani ma'lum bo‘ldi.

 

Oqdaryo tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 11 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Oqdaryo tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 12 ta masjid va tumandagi barcha 35 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor, Mehr operatsiyasi doirasida yurtimizga qaytarilgan va shu kabi toifaagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Oqdaryo tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Urgut tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 04 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Urgut tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 62 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 62 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Urgut tumanidagi 62 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Imom-xatiblar tamonidan ma'rifiy suhbatlar davom etmoqda

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 26 sentyabr kuni quyidagi ishlar amalga oshirildi:

 

Imom-xatiblar tamonidan ma'rifiy suhbatlar olib borildi

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuni quyidagi ishlar amalga oshirildi:

 

Umra  safari oldidan guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi

Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda.

 

Yangiliklar

Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi 8 nafar tuman va shahar bosh imom-xatiblari, Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida tanishuv darslarida ishtirok etdilar.

Tanishuv darslari davom etmoqda...

 

QOZOG‘ISTONDA DIN YETAKCHILARINING XALQARO QURULTOYI BOSHLANDI

 Bugun, 14 kuni Qozog‘istonda Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilari VII-Qurultoyi boshlandi. Unda dunyodagi turli din vakillarining rahbarlari, taniqli ulamolar bilan bir qatorda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.

Nufuzli xalqaro anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan din sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, dinga bog‘liq bo‘lgan global va mintaqaviy masalalar muhokama etiladi. Tadbir nihoyasida Qurultoy deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Qurultoyda jahonda ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlikni ta'minlashda diniy ta'limning o‘rni, dinlararo muloqot va ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda din peshvolarining o‘rni, jamiyat rivojida ayollarning o‘rni kabi yo‘nalishlarda ma'ruzalar tinglanishi hamda muhokamalar o‘tkazilishi reja qilingan.

Tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.

 

Shavkat Mirziyoev Samarqandga keldi

Davlatimiz rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

 

QARDOSHLIK MUSTAHKAMLANISHI UMMAT BIRDAMLIGIGA XIZMAT QILMOQDA

Allohga shukrki, tili, dini, an'ana va urf-odatlari bir-biriga o‘xshash o‘zbek va qozoq xalqlari tarixiy taraqqiyotning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro hurmatda, qavmu qarindosh bo‘lib, ko‘p asrlar davomida tinch-totuv hayot kechirib kelmoqda. 

Ikki xalq azaldan bir zaminda yashab, bir daryodan suv ichadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda: “O‘zbek va qozoq bir-biriga yelkadosh bo‘lib, ahl-inoq yashab kelgan ildizi bir xalqdir”.

 

XUSHXABAR: DOLZARB VA MUHIM MAVZUDAGI KITOB NASHR ETILDI

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli ulamo Homidjon qori Ishmatbekovning navbatdagi dolzarb mavzudagi kitobi nashr etildi.

 Muhtaram ustoz Homidjon qori Ishmatbekovning "Islom – ma'rifat dini" deb nomlangan yangi kitobiga muallif tomonidan eng dolzarb mavzularda yozilgan maqolalari jamlangan.

 

Ustoz Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlarini xotirlab

Vaqt hamma narsani davolaydi, deydilar. Bir odam olamdan o‘tar ekan, ortida qolgan yaqinlarining qalbidagi ayriliq dardi ham yillar o‘tib, yengillashadi. Ba'zilar  esa bir necha yillardan so‘ng butunlay unut bo‘lib ketadi. Ammo shunday insonlar borki, ularning vafotidan keyingi sog‘inch vaqt o‘tishi bilan nafaqat unutilmaydi, balki kun sayin kuchayib, borgan sari chuqurlashib boradi. 

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing