O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

 
 

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Xorazm viloyatidagi "Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Samarqandlik talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Yo.Mansurov Samarqand viloyatidan mazkur ilm dargohiga kelib tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishib, dildan suhbatlashdi. Ushbu davra suhbatida Yoqubjon domla talaba yoshlarga "Ilm olishning fazli naqadar ulug‘ ekanligi" haqida ma'ruza qilib berdilar. Shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Samarqand viloyatidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbirdan so‘ng, bilim yurti bilan kelgusida ham malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati 


Kiritilgan vaqti: 23/11/2022 12:13;   Ko‘rilganligi: 379
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/faxriddin-ar-roziy-orta-maxsus-islom-talim-muassasasiga-samarqand-viloyati-vakili-orinbosari-yoqubjon-domla-mansurov-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 10:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing