Samarqandda “Yil imom – 2022” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Ma'lumki, har yili an'anaviy tarzda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat ko‘rsatib borayotgan imom-xatiblar o‘rtasida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinar edi. Joriy yildan esa mazkur tanlov “Yil imom – 2022” nomi ostida Nizom asosisida o‘tkazildi.
Tanlovning maqsadi – bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazib bera oladigan, iqtidorli, faol imom-xatiblarni aniqlashdir.
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Elita akademik maktabi nodavlat ta'lim” muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Mahmudjon domla Ibodullayev, Yoqubjon domla Mansurov, tuman hokimligi mas'ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Elita akademik maktabi o‘quvchilari va ota-onalar ishtirok etdi.
Samarqand viloyatiga Rosssiyaning bosh muftiysi Talgat Safa Tojuddin tashrif buyurdi.
Joriy yilning 4 avgust kuni Samarqand viloyatiga Rosssiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi, Rosssiyaning bosh muftiysi Talgat Safa Tojuddin boshchiligida bir qator ko‘zga ko‘ringan Islom dini vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan kutib olindi.
Imom-xatiblar OCHIQ ESHIKLAR kunini o‘tkazadi!!!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tizimida rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha masjidlarda xaftaning har CHORSHANBA kuni "Fuqarolarni qabul qilish kuni" etib belgilandi.
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN CHIQISHLARGA MUNOSABAT
Shu yilning 25 iyulidan e'tiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va bir guruh yurtimiz ulamolari Samarqand viloyatida mo‘min-musulmonlar bilan yaqindan muloqot qilish hamda jome masjidlarda namozxonlarga mav'iza qilish maqsadida, ushbu viloyatning turli hududlarida bo‘ldilar.
Mazkur safar davomidagi aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, masjid qavmlari ila ma'rifiy suhbatlar hamda xalqimizning diyorimiz imomlari, xususan, Muftiy hazratlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromlari ko‘pchilikni mamnun etdi. Bunday lahzalar ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham keng yoritildi (linklarimiz).
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abdug‘aniyevni qabul qildi
O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abdug‘aniyevni bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov qabul qildi. Do‘stona va iliq munosabatlar asosida kechgan suhbat jarayonida mehmonga viloyat bosh imom xatibi mamlakatimizda va xususan Samarqand viloyatida olib borilayotgan diniy sohadagi ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, jumladan diniy ta'lim, vakillik va imom xatiblar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, masjidlardagi qayta qurish va obodonlashtirish jarayonlari borasida batafsil ma'lumot berdi.
Muftiy hazratlari: Alloh uchun qilingan amal – duo mustajob bo‘lishiga vasiladir
Xabar berganimizdek, bugun, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Muftiy hazratlarini Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov kutib olib, safar davomida hamrohlik qilmoqda.
Tashrif davomida Muftiy Nuriddin domla hazratlari “Xo‘ja Is'hoqi Vali” masjidida bo‘lib, jamoat bilan peshin namozini ado etdilar.
Taniqli va voiz ulamolar Samarqand shahridagi masjidlarda jamoatga ilmiy suhbat qilib berishmoqda (Fotolavha)
Oldin xabar qilganimizdek, bugun, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi bir guruh taniqli ulamolarning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.
Safar davomida taniqli va voiz ulamolar jome masjidlarda ilmiy-ma'rifiy suhbatlar o‘tkazishmoqda, ularda hudud ahlini yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda, ularning dardu tashvishlariga ko‘maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o‘rganib, bartaraf etishmoqda.
Quyida ulamolarimiz peshin namoziga Samarqan shahridagi masjidlarga tashrif buyurib, jamoat ilmiy-ma'ruza qilgani aks etgan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.
Alloh taolo ulamolarimizning tashriflarini xayrli va manfaatli qilsin!
Muftiy hazrat Samarqand shahridagi "Namozgoh" masjidida juma namoziga yig‘ilgan katta jamoatga "Jannatda Rasululloh alayhissalom bilan bo‘lishni istagan inson" mavzusida go‘zal mav'iza qilib berdilar (Fotolavha)
Muftiy hazrat Samarqand shahridagi "Namozgoh" masjidida juma namoziga yig‘ilgan katta jamoatga "Jannatda Rasululloh alayhissalom bilan bo‘lishni istagan inson" mavzusida go‘zal mav'iza qilib berdilar (Fotolavha)
Ulamolarning Urgut tumani masjidlaridagi ilmiy suhbatlari (Fotolavha)
Xabar qilganimizdek, kecha, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi taniqli va voiz ulamolarning Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi masjidlarga tashrif buyurishdi.
Ulamolarimiz peshina namozidan so‘ng jamoatga ilmiy-ma'rifiy suhbatlar qilib berishdi. Shuningdek, ularda mo‘min-musulmonlarning diniy savollariga batafsil javob berishmoqda.
Diniy soha rahbarlari Samarqand imom-xatiblari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun, 27 iyul kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Bahodir Qodirov hamda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov qatnashdi.
TANIQLI ULAMOLARNING SAMARQAND SHAHRIDAGI MASJIDLARIGA 25 IYUL DUSHANBA KUNGI TASHRIF REJASI
25 iyul Dushanba kuni yurtimizning bir guruh taniqli va voiz ulamolari Samarqand shahrining masjidlarga tashrif buyurib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib berishadi, jamoat bilan peshin namozini ado etishadi.
Nurobod tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil qilindi
Bugun, 2022 yil 19 iyul kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 14 ta masjid imom-xatiblari va noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Nurobod tumanidagi 14 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik qadri”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Hojilik maqomiga munosib bo‘lish haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda
Shu yil 14 iyul kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida muborak haj ibodatini ado etib yurtimizga qaytish arafasidagi bir guruh ziyoratchilar bilan hojilik maqomi va unga munosib bo‘lish haqida mav'iza qilib berdi.
Suhbat davomida Zayniddin domla har bir ziyoratchi ulug‘ haj ibodatiga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar keltirish, hojilik maqomiga munosib bo‘lish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilishi zarurligini aytdi.
ORZIQIB KUTILGAN ONLAR BOSHLANDI
Umri davomida bir marta hajga borib, muqaddas makonlarda, ikki Haramda ulkan ajrlarni qo‘lga kiritib, Arafotda turib, Safo va Marva tepaliklarida sa'y aylab, jannatni o‘ziga vojib qilib olishni orzu etmagan inson bo‘lmasa kerak.




















