O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Imom-xatiblar tamonidan ma'rifiy suhbatlar olib borildi

 
 

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuni quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va joylardagi diniy soha xodimlari hududlardagi 45 ta masjidda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib bordi. Xususan: Samarqand shahridagi “Lahutiy”, “Xo‘ja Abdu Da'run”, “Xo‘ja Is'hoqi Vali”, “Damariq”, Tayloq tumanidagi “Xo‘ja Sakko”, “Tayloq ota”, “Madaniyat”, “Jumabozor”, Urgut tumanidagi “Hazrati Umar”, “G‘avsul A'zam”, “Urgut markaziy”, “Chubin”, Bulung‘ur tumanidagi “Amir Hamza”, “Kildon”, Oqdaryo tumanidagi “Maxdumi A'zam”, “Loyish”, “Yangiqo‘rg‘on”, Qo‘shrabot tumanidagi “Domla Omonullo Oxun”, “Ne'matulla xo‘ja”, Ishtixon tumanidagi “Eshon Temirxon to‘ra”, “Ishtixon”, “Polvon ota”, Payariq tumanidagi “Imom Buxoriy”, “Mo‘lla Tohir”, “Olim shayx”, “Islom nuri”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Moybuloq”, “Qalandarxona”, “Kichik ko‘rpa”, Narpay tumanidagi “Naqshbandiy”, “Oq masjid”, “Ko‘k ota”, Pastdarg‘om tumanidagi “Nurul Islom”, “Abdurasulboy”, “Beshbola”, Jomboy tumanidagi “Islomobod”, “Ushuntepa”, Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahrori Vali”, “Xo‘ja Abdu Berun”, “Imomi A'zam”, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Mashrab”, “Qoriravot”, “Muhammad Naqibbek”, Paxtachi tumanidagi “Xo‘ja Ziyovuddin”, “Toshko‘prik”, masjidlarida “Ne'matlarga shukronalik”, “Tinchlikni qadriga yetish”, “Soxta salafiylik va mazhabsizlikning salbiy oqibatlari”, “Farzand tarbiyasiga e'tiborli bo‘lish”, “Oila-muqaddas dargoh” va boshqa ijtimoiy mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu suhbatlarda jami 9 000 nafardan ziyod namozxonlar ishtirok etdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/09/2022 14:43;   Ko‘rilganligi: 422
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-xatiblar-tamonidan-marifiy-suhbatlar-olib-borildi
Chop etilgan vaqti: 25/05/2024 05:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing