O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QOZOG‘ISTONDA DIN YETAKCHILARINING XALQARO QURULTOYI BOSHLANDI

 
 

 Bugun, 14 kuni Qozog‘istonda Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilari VII-Qurultoyi boshlandi. Unda dunyodagi turli din vakillarining rahbarlari, taniqli ulamolar bilan bir qatorda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.

Nufuzli xalqaro anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan din sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, dinga bog‘liq bo‘lgan global va mintaqaviy masalalar muhokama etiladi. Tadbir nihoyasida Qurultoy deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Qurultoyda jahonda ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlikni ta'minlashda diniy ta'limning o‘rni, dinlararo muloqot va ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda din peshvolarining o‘rni, jamiyat rivojida ayollarning o‘rni kabi yo‘nalishlarda ma'ruzalar tinglanishi hamda muhokamalar o‘tkazilishi reja qilingan.

Tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.


Kiritilgan vaqti: 15/09/2022 13:47;   Ko‘rilganligi: 320
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/qozogistonda-din-etakchilarining-xalqaro-qurultoyi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing