O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqandda “Yil imom – 2022” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

 
 

Ma'lumki, har yili an'anaviy tarzda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat ko‘rsatib borayotgan imom-xatiblar o‘rtasida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinar edi. Joriy yildan esa mazkur tanlov “Yil imom – 2022 nomi ostida Nizom asosisida o‘tkazildi.

Tanlovning maqsadi – bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazib bera oladigan, iqtidorli, faol imom-xatiblarni aniqlashdir.

Uch bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tanlovning birinchi shahar-tuman bosqichida g‘oliblikni egallagan 16 nafar ishtirokchilar bugun viloyat bosqichida ishtirok etdilar.

Viloyat bosqichini tantanali ravishda ochib bergan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov:

- Bu yilgi tanlov har yilgidan o‘zgacha tarzda o‘tkazilmoqda. Bu esa yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaga, xususan, ilm ahliga ko‘rsatilayotgan e'tibor namunasidir. Shuningdek, barcha imom-xatiblar, imom-noiblari, hatto muazzin va qorovullar ham o‘z ustida muntazam ish olib borishi kerak degani. - deya barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Qur'on tilovati bilan boshlangan tanlovda ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan baholanib borildi hamda tanlov so‘ngida natijalar e'lon qilindi:

“Yil imom – 2022” tanlovining Samarqand viloyat bosqichi g‘olibi:

I-o‘rin: Boboyev Sarvarxo‘ja (Samarqand shahar “Qo‘shboqqolli” jome masjidi imom-xatibi)

II-o‘rin: Islamov Nasirulla (Oqdaryo tumani “Mahdumi A'zam” jome masjidi imom-noibi)

II-o‘rin: Yahyoev Zafar (Urgut tumani “Mirza Ulug‘bek” jome masjidi imom-xatibi)

III-o‘rin: Egamberdiyev Shuhrat (Kattaqo‘rg‘on tumani “Valijon” jome masjidi imom-xatibi)

Tanlov yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tomonidan barcha g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

“Yil imomi-2022” ko‘rik tanlovi viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallagan Samarqand shahar "Qo‘shboqolli" jome masjidi imom xatibi Boboyev Sarvarxo‘ja Respublikada o‘tkaziladigan “Yil imomi” ko‘rik tanloviga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/08/2022 16:22;   Ko‘rilganligi: 374
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/samarqandda-yil-imom-2022-korik-tanlovining-viloyat-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing