Samarqand viloyatida diniy soha vakillari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazildi
Bugun, 11 fevral kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va BMT YUNICYEF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminarda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi 12 nafar imom-xatiblar va 4 nafar otinoyilar ishtirok etmoqdalar.
Insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yaqin bo‘lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etish niyatida shahar va tuman bosh imom-xatiblari bugun Samarqand shahrida yig‘ildilar
Bugun, 2023 yil 09 fevral kuni joriy yilning ilk sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 23 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar shahardagi 23 ta masjid va ularning hududlaridagi mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor vashu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Samarqand shahridagi 23 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Nafsni poklash va uni tarbiyalashda namozning tutgan o‘rni”, “Ota-onaga hurmat”, “Isro va Me'roj”, “OAV dan to‘g‘ri foydalanish”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
MALAYZIYA BILAN HAMKORLIK
Ayni vaqtda, Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand viloyati delegatsiyasi bilan Malaziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
“Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti Samarqand viloyatidagi diniy soha xodimlariga muborak Umra safariga ikki kishilik yo‘llanmani topshirdi
Bugun, 2023 yil 26 yanvar kuni “Shamsuddinxon Boboxonov” nashiyot-matbaa ijodiy uyi bosh direktori Imomnazarov Sultonbek va nashriyot xodimi Karimov Azizbeklar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligiga tashrif buyurdilar.
Ulamolardan biri:
Ulamolardan biri:
“Rajab shamolga, sha'bon bulutga, ramazon yomg‘irga o‘xshaydi. Kimki rajab oyida ekin ekmasa, sha'bon oyida uni sug‘ormasa, ramazon oyida qanday hosil oladi?” degan.
“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (janatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”.
Butun olamning Parvardigori karami keng, saxovati cheksiz bo‘lgan zotki, U o‘z xazinai g‘aybiyasidan bandalariga qancha in'om qilsa-da, undan hech bir narsa kamaymaydi. Parvardigorimiz biz bandalarini ham O‘zining sifatlaridan o‘rnak olib, doimo xayru saxovatli bo‘lishga va ehson qilishlikka buyuradi.
“Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘sha yaxshiligi o‘n barobar qilib qaytariladi”
Arab tilidagi “ehson” so‘zining ma'nolari ko‘p. “Ehson” deganda odatda birovga biror ne'matni berish va fazlu karam ko‘rsatish tushuniladi. Lekin “ehson” so‘zi lug‘atda “yaxshilik qilish, ezgulik ko‘rsatish” ma'nolarini ham anglatadi.
Haqiqatan, biror kishiga bir narsani ehson qilsangiz yoki unga biror yaxshilik ko‘rsatsangiz, bundan dilingiz ravshan tortadi, ruhiy xotirjamlik yuzaga keladi, o‘zgalarga manfaat yetkazganingizdan xursand bo‘lasiz.
EHSON OSHI TARQATILDI
Ayni kunlarda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida homiylar va saxovatpesha insonlar tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari kishiga Nabiy sollallohu alayhi va sallamning: «Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi» (Imom Buxoriy rivoyati), degan muborak hadislarini eslatadi.
Vakilligimiz xodimlari e'tirof etildi
Bugungi kunda kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga mamlakatimizda juda ham katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. Shunday ekan, bu borada o‘zining beqiyos va beminnat xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari, Samarqand tumani "Xo‘ja Ahrori vali" jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov nomlariga "Xo‘ja Ahrori vali" mahalla faollari tomonidan TASHAKKURNOMA bildirilib, MINNATDORCHILIK XATI yo‘llangan. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Yoqubjon domla nomlariga kelgan ushbu tashakkurnomani o‘qib eshittirar ekanlar, kelgusida bu kabi xayrli va savob ishlarni amalga oshirishda barcha tuman va shahar imom-xatiblari ham o‘z tashabbuslarini ko‘rsatadi, degan umiddamiz-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashriflar amalga oshirildi.
Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari va iqtidorli imom-xatiblarimiz taqsimot asosida viloyatimizning Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashrif buyurdilar.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya amalga oshirildi
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakilligi tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri sifatida Urgut tumanidagi Urgut "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internet uyida ham tashkil etildi.
Ushbu savobli ishlar “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatimizdagi barcha imom-xatiblar tamonidan ham amalga oshirildi.
Qalblar munavvar etildi
Bugun, “3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironligi bor hamyurtlarimizga VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand filiali bilan hamkorlikda bayram dasturxon tashkil etildi.
Ushbu bayram dasturxoni Samarqand shahridagi “Chorbog‘” majmuasida tashkil qilinib, tadbirda mazkur fuqarolar bilan dildan ma'rifiy suhbatlar qilindi.
Tadbir Qur'on karim tilovati va xayrli duolar ila boshlandi.
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasidagi talabalar bilan urashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Qashqadaryo viloyatidagi “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.
Urgut tumanidagi masjidlarga tashriflar amalga oshirildi.
Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari va iqtidorli imom-xatiblarimiz taqsimot asosida viloyatimizning chegaraoldi hududi hisoblangan Urgut tumanidagi masjidlarga tashrif buyurdilar.
SAMARQANDLIK TALABALAR VAKILLIK E'TIBORIDA
Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, "Xo‘ja Ahrori Valiy" jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov Buxoro shahridagi "Mir Arab" o‘rta-maxsus islom bilim yurtida bo‘lib, Samarqandlik talabalar bilan uchragani hamda ular bilan davra suhbati qilganligi haqida xabar qilgan edik.




















