O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Fitna – ko‘z ilg‘amas xatar” nomli kitobi Samarqandlik imom-xatiblarga topshirildi

 
 

Xabaringiz bor yaqindagina O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlarining “Fitna – ko‘z ilg‘amas xatar” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Fitna — sinash, imtihon qilish, aldash, yo‘ldan ozdirish va chalg‘itishdir. “Fitna” deganda biz buzg‘unchilik, maxfiy ravishda zarar yetkazishga urinish, fasod qo‘zg‘ashni tushunamiz.

“Fitna ko‘z ilg‘amas xatarki, tabassumni g‘azabga, shodlikni qayg‘uga, adolatni qabohatga, vafoni xiyonatga aylantiradigan, qo‘yingki, barcha razolatlarni qanoti ostiga olgan illatdir” – deydi muftiy hazratlari mazkur kitobning kirish qismida.
Bugun, vakillik binosida Zayniddin domla viloyatimizdagi bir nechta iqtidorli imom-xatiblarga mazkur kitobni topshirdilar. Topshirish asnosida Zayniddin domla imom-xatiblarga bu kitobda turli fitna-fasotlar va ularning kelib chiqishi haqida keng yoritilgani, joylardagi ma'rifiy tadbirlarda ushbu mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiqligi tushuntirildi.
Shundan so‘ng, imom-xatiblarimiz tomonidan mazkur kitobning muallifi muftiy Nuriddin domla hazratlarining va nashrdan chiqishigacha xizmatda bo‘lib, o‘z hissasini qo‘shganlarning haqlariga xayrli duolar qilindi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur kitob viloyatimizdagi barcha masjid kutubxonalariga foydalanish uchun bepul ajratilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/05/2023 16:42;   Ko‘rilganligi: 867
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/fitna-koz-ilgamas-xatar-nomli-kitobi-samarqandlik-imom-xatiblarga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing