O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqandda Xatmi Qur'onlar yakunlandi

 
 

Barchamizga ma'lumki, yurtimiz bo‘ylab Ramazon oyi shukuhi hammamizni birday xursand qilib kelmoqda.
Masjidlarimizda esa Xatmi Qur'onlar o‘qilib, yurtimizga o‘zgacha fayz olib kirdi.
Yurtimiz mo‘min-musulmonlari kunduzlari ro‘za tutishlik ila kechalari esa taroveh namozlaridagi Xatmi Qur'onlardan baxramand bo‘lishlik bilan, Alloh taologa ibodatlarda qoim bo‘ldilar. Joriy yil 17-aprel kunida, fazilatli Laylatul Qadr kechasida yurtimizdagi barcha masjidlarda Xatmi Qur'onlar yakunlanib, barcha yurtdoshlarimiz bir vaqtning o‘zida duolarda jam bo‘ldilar.
Anashunday fazilatli kechada Samarqand viloyatida ham 166 ta masjidda tashkil qilingan Xatmi Qur'onlar o‘z yakuniga yetib, duolar qilindi.

Xatmi Qur'onlar yakunida imom-xatiblarimiz tomonidan barcha mo‘min-musulmonlar bilan birgalikda fazilatli kechaning savoblaridan baxramand bo‘lishni Alloh taolodan so‘rab, el-yurtning tinchligi va farovonligi, shukronalik kabi ezgu maqsadlar jam bo‘lgan duoi-xayrlar qilib berdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/04/2023 10:29;   Ko‘rilganligi: 274
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/samarqandda-xatmi-quronlar-yakunlandi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 11:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing