O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Ulamo va imom-xatiblarimiz xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashmoqda

 
 

Shu kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir qator ulamo va imom-xatiblari Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, AQSH hamda Kanada davlatlarida xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Ular tashriflari davomida bu yurtlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan muloqotlar o‘tkazmoqda, diniy-ma'rifiy suhbatlar qilib vatandoshlarimizni yaxshilikka undamoqdalar.
Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, diniy-ma'rifiy sohadagi o‘zgarishlar haqida ham ma'lumotlar berilmoqda. Shuningdek, joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan milliy referendumda vatandoshlar diplomatik vakolatxona binosida faol ishtirok etib, o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishga ishonch bildirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/04/2023 12:16;   Ko‘rilganligi: 740
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/ulamo-va-imom-xatiblarimiz-xorijdagi-vatandoshlar-bilan-uchrashmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing