O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Navbatdagi sayyor yig‘ilishi Pastdarg‘om tumanida tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2023 yil 14 fevral kuni navbatdagi sayyor yig‘ilishi Pastdarg‘om tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 24 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblarihamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 24ta masjid va ularning hududlaridagimahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor vashu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Pastdarg‘om tumanidagi 24 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Missionerlar xataridan ogoh bo‘lish va aslo muborak islom dinidan voz kechmaslik”, “Shukronalik”,“Ota-onaga hurmat”, “Isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaylik”,“Isro va Me'roj”, “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”, “Birovning haqqidan qo‘rqaylik”,“Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”,“Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 24 ta. Shundan 11 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 119 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 6 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 2 ta. Ularning 1 tasining oilasidagi kelishmovchilik isloh qilindi, 1 tasi nazoratga olindi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 1 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish ishlari davomida ushbu fuqaro qilayotgan ishining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 6 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 4 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 13 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 100 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 24 ta masjidda Peshin namozini o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 3500 nafardan ziyodnamozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 66 350 000so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Pastdarg‘om tumanidagi“Nurul Islom” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilarbilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofotlarni to‘xtatishda qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash, faoliyatlariga mas'uliyat bilan yondashish va shu kabi masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, mazkur masjid hududidagi kam ta'minlangan va IHM oilalar holidan xabar oldi hamda ularga ehsonlar tarqatdi. Mazkur tadbirlardan so‘ng, Zayniddin domla “Nurul Islom” jomesida jamoat bilan birga Peshin namozini ado etdi. Namozdan so‘ng jamoatga “Missionerlar xataridan ogoh bo‘lish va aslo muborak islom dinidan voz kechmaslik” mavzusida mazmunli ma'ruza qilib berdilar.
  • Shundan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Pastdarg‘om tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov va Yoqubjon domla Mansurovlar bevosita bosh bo‘ldilar.  O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha va aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik hamda muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/02/2023 18:15;   Ko‘rilganligi: 288
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/navbatdagi-sayyor-yigilishi-pastdargom-tumanida-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 01:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing