O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida tadbir tashkil qilindi

 
 

Bugun, 24 noyabr kuni vakillik binosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati komissiyasining 2022 yil 7 noyabr kunidagi “2022 yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi to‘g‘risidagi 49-sonli yig‘ilish bayoni hamda bayon asosida Samarqand viloyati hokimining 2022 yil 15 noyabrdagi 249-7-0-F/22-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand shahri va Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatiblar va bir qancha tuman bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishga Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi Samarqand viloyati boshlig‘i o‘rinbosari U.Axrorov, viloyat gaz ta'minoti bo‘lim boshlig‘i X.Doniyorov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va boshqa mutasaddi tashkilot mas'ullari bosh bo‘ldilar.

Yig‘ilishda diniy soha xodimlariga mutaxassislar tomonidan odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, ularning mol-mulkini, atrof-muhitni yong‘inlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yong‘in xavfsizligi talablari, yong‘in kelib chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda amaldagi me'yor talablariga rioya etishlari hamda botulizm va is gazidan zaharlanishni oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/11/2022 16:24;   Ko‘rilganligi: 307
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/yongin-xavfsizligi-oyligi-doirasida-tadbir-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 13:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing