O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti Samarqand viloyatidagi diniy soha xodimlariga muborak Umra safariga ikki kishilik yo‘llanmani topshirdi

 
 

Bugun, 2023 yil 26 yanvar kuni “Shamsuddinxon Boboxonov” nashiyot-matbaa ijodiy uyi bosh direktori Imomnazarov Sultonbek va nashriyot xodimi Karimov Azizbeklar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligiga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarning ushbu tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Shamsuddinxon Boboxonov» nashiyot-matbaa ijodiy uyining davriy nashrlari – «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2023 yil uchun obunani uyushqoqlik bilan tashkil etib, yaxshi natijalarga erishgan Samarqand viloyatining faolligini alohida taqdirlash edi.

Mehmonlarni vakillik binosida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov kutib olib, dildan suhbat qurdilar. Suhbat  davomida «Shamsuddinxon Boboxonov» nashiyot-matbaa ijodiy uyi Bosh direktori S.Imomnazarov obuna mavsumida eng yuqori natijani qayd etgan, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib etishga munosib hisa qo‘shgani uchun Samarqand viloyati vakilligini nashriyotning maxsus tashakkurnomasi hamda ikki dona Umra safariga yo‘llanma bilan taqdirladi.

Berilgan ushbu mukofotdan so‘ng, Zayniddin domla viloyatimizning arzimas ushbu xizmatini ulkan baholab, ko‘rsatilgan e'tibor va e'tirof uchun avvalo O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlariga va nashriyotning barcha rahbar hamda xodimlariga butun viloyatimizdagi diniy soha xodimlari nomidan alohida minnatdorchilik bildirib, mazkur yo‘llanma vakillik tomonidan tizimdagi eng munosib deb topilganlarga berilishi ta'kidlab o‘tdilar.

Alloh taolo xalqimizga ma'rifat ulashish, ziyo tarqatishdek xayrli ishlarni bardavom qilsin!

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/01/2023 20:19;   Ko‘rilganligi: 306
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/shamsuddinxon-boboxonov-nashriyoti-samarqand-viloyatidagi-diniy-soha-xodimlariga-muborak-umra-safariga-ikki-kishilik-yollanmani-topshirdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing