O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qalblar munavvar etildi

 
 

Bugun, “3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironligi bor hamyurtlarimizga VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand filiali bilan hamkorlikda bayram dasturxon tashkil etildi.
Ushbu bayram dasturxoni Samarqand shahridagi “Chorbog‘” majmuasida tashkil qilinib, tadbirda mazkur fuqarolar bilan dildan ma'rifiy suhbatlar qilindi.
Tadbir Qur'on karim tilovati va xayrli duolar ila boshlandi.

So‘zga chiqqan Zayniddin domla Eshonqulov yurtimizda nogironligi bor kishilar qadr-qimmatini ko‘tarish, turmush sharoitini yaxshilash borasida qilinayotgan xayrli ishlar haqida so‘zladilar, shuningdek, gapirish va eshitish borasida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz orasida missionerlik holatlari uchrashi mumkinligi va uning oldini olish borasida mav'iza qildilar.

Bir so‘z bilan aytganda, dildan suhbat, Qur'on tilovati va xayrli duolar, ajoyib bir dasturxon atrofidagi diydor qalblarga quvonch, yorug‘lik va munavvarlik baxsh etdi.

Alloh taolo mana shunday manfaatli suhbatlarni bardavom aylab, unga hissa qo‘shayotganlarga ikki dunyo saodatini bersin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 02/12/2022 18:10;   Ko‘rilganligi: 323
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/qalblar-munavvar-etildi
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 08:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing