SAMARQANDLIK TALABALAR VAKILLIK E'TIBORIDA
Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, "Xo‘ja Ahrori Valiy" jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov Buxoro shahridagi "Mir Arab" o‘rta-maxsus islom bilim yurtida bo‘lib, Samarqandlik talabalar bilan uchragani hamda ular bilan davra suhbati qilganligi haqida xabar qilgan edik.
Shundan so‘ng, Yo.Mansurov oliy va o‘rta-maxsus islom bilim yurtlariga qilayotgan tashrifi ushbu shahardagi "Mir Arab" oliy madrasasi bo‘ldi. Bu oliygohda tahsil olayotgan Samarqand farzandlari bilan alohida uchrashib, suhbatlashib qaytdi. Domla suhbat chog‘ida talabalarga vaqtdan unumli foydalanish, uni zoye ketkazmaslik, ilmni puxta egallash bo‘yicha nasihatlar berdi.
Shuningdek, o‘qishni yakunlaganlaridan so‘ng viloyatimizga qaytib, diniy sohada vakillik bilan hamkorlikda xizmat qilish, egallagan ilmlarini musulmonlarga yetkazish zarur ekanligini eslatib o‘tdi.
Bundan tashqari, Yoqubjon domla Mansurov talabalarning yashash sharoitlari, iqtisodiy holatlari ham o‘rganib, o‘quv shartnoma to‘lovlarini to‘lashga qiynalganlariga homiy va saxiylarning ko‘magi bilan moddiy yordamlar ham ko‘rsatdi.
Bu kabi ilmiy va xayrli tashriflar keyingi ilm dargohlariga ham davom etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/11/2022 20:19; Ko‘rilganligi: 489
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:50