Долзарб мавзу

Ustoz kim?

Rivoyat qilinishicha, odamzotning ko‘ngliga uch narsa hech urmas, ya'ni inson 3 narsadan aslo bezor bo‘lmas, doimo ardoqlar ekan. Birinchisi er uchun ayol, ayol uchun er. Chunki, ayol Odam Atoning qovurg‘asidan, ya'ni bir vujuddan yaralgan. Vujudda esa oshiqcha a'zo yo‘q. Hech kim biron a'zosidan voz kecholmagani kabi ayol jinsi erdan, er jinsi ayoldan ayri kecha olmas ekan. Ikkinchisi esa narsa – rizq-ro‘zi, yashash omili bo‘lgan non ekan. Mana necha ming-ming yillar o‘tsa ham Odam Ato va Momo Havo ilk bor ta'mini tatib ko‘rgan bug‘doy hamon ularning avlodlari nasibasi bo‘lib xizmat kilib kelayotir. Dunyodagi ne bir shirinliklar, taomlar non o‘rnini bosolmasligi barchaga ayon. Bashariyat farzandi uchun uchinchi ulug‘  narsa bu kitobdir. Zero, Qur'ondagi dastlabki oyat «Iqra!» O‘qing!») ekanligi, ulug‘ Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘qishni o‘rganib, Allohning so‘zlaridan xabardor bo‘lib, ularni xalqqa yetkazgani, musulmonlar diliga singdirgani ma'lumdir.

 

31 MINGDAN 31 TA FAKT YOXUD ISTIQLOL YILLARIDAGI ISHLARNING DENGIZDAN TOMCHISI

“Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan Hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.”

       Sh.M. MIRZIYOYEV

 Bugun shu aziz Vatanning har bir farzandining yuragi hapqirib turibdi. Negaki, biz eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramini, O‘zbekiston Respublikasi istiqlolini qo‘lga kiritganining 31 yillik shodiyonalarini katta tantana qilayapmiz. 

 

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi muborak bo‘lsin.

Ma'lumki, 2022 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so‘nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma'nodagi buyuk, olamshumul voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilinganiga o‘ttiz bir yil to‘ladi.

Mustaqillik, tinchlik va taraqqiyot. Bu ulug‘ tushunchalar doimo yonma-yondir. Xalqimizning tarixiy yutug‘i – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu haqiqat yana bir bor o‘z ifodasini topmoqda.

 

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni: qadim aloqalar va mushtarak qadriyatlar

So‘nggi yillarda O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar o‘zaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda. Aslida ham, O‘zbekiston va Saudiya xalqlari o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalar uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Xoja Muhammad Porso kabi allomalarimizning ilmiy faoliyatida ikki muqaddas shahar – Makka va Madinaning o‘rni beqiyos. Mahmud Zamaxshariyga boshqa biror kishiga nasib etmagan “Jorulloh” – “Allohning qo‘shnisi” degan ulug‘ nom berilgani fikrimizni to‘la quvvatlaydi.

 

Imom Buxoriy majmuasi ma'naviyat va ilm maskani bo‘ladi

Davlatimiz rahbari 23-24 avgust kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida har galgidek Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, muhaddislar sultonining qabrini ziyorat qildi.

Ayni paytda bu qutlug‘ ziyoratgoh Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu jarayonlar bilan tanishib, “Bu loyihani ko‘p muhokama qildik, qayta-qayta kelib ko‘rdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma sharoit bo‘lishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoev.

 

Yaratgan robbimiz mustaqilligimizni abadiy qilsin. Bizlarni nyematldarga shukr qilguvchilardan qilsin.

Mana katta xursandchilik-jannatmakon Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi ham yaqinlashib qoldi. Mustaqilligimizga xamrox bo‘lib kelayotgan tinchlik-totuvlik, millatlar va dinlararo do‘stlik-bag‘rikenglik bizga ato qilingan katta ne'matlardandir.

1991 yil tug‘ilgan go‘dak hozir navqiron yoshda. Lekin mustaqilligimizga nisbatan bu go‘yo juda katta davrga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki deyarli 31 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida qilingan mehnatlar, chekilgan zahmat-mashaqqatlar barcha yaxshi niyatli kishilarga yaqqol ayon.

 

Kim Allohdan savob umidida masjid qursa

Islomda birinchi qurilgan bino ham masjid hisoblanadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga ko‘chib o‘tayotgan paytlarida Madina yo‘lida Qubo deb nomlangan joyga yetib, o‘sha yerda bir necha kun turganlar. U yerda birinchi bo‘lib “Qubo” masjidiga asos solganlar va ilk marotaba o‘sha masjidda jamoat namozini o‘qiganlar.

 

Vatan osoyishtaligi ulkan ne'mat

Barchamizga malumki, har qanday taraqqiyot – hoh diniy, hoh ijtimoiy, hoh iqtisodiy, hoh oilaviy taraqqiyot bo‘lsin, uning negizida bir narsa – tinchlik, hotirjamlik yotadi.

Bobolarimiz, momolarimiz duo qilganlarida: “Tani sihhat, xotirjamlik, dili beg‘amlik bergin”, deb aytar edilar. Chunki, tinchlik – Alloh taoloning insoniyatga bergan ulkan ne'matlardan biridir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham muborak hadislarida tinchlik-xotirjamlikni ulkan ne'mat ekanligini ta'kidlab shunday deydilar:

 

Alloh taolo har bir bandasiga niyatiga yarasha beradi, amaliga yarasha taqdirlaydi

Mo‘min kishining niyati –yurt tinch, hayot faravon, farzandlar omon bo‘lmog‘idir.

Allohga beadad shukrlar bo‘lsinkim, yurtimizda tinchlik-osayishtalik hukm surmoqda. Hayotimiz kundan kunga faravon bo‘lib bormoqda. Farzandlarimiz baxtli bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Buni yoshlarimiz tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarda yaqqol ko‘ramiz. Umumta'lim maktablari, kasb-hunar maskanlari bilim olish, kasbu hunar o‘rganish orzusida bo‘lgan yoshlar uchun zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Mustaqillik xalq ziynati

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasining 31 yilligini nishonlaymiz.

Bu ulug‘ kun qadrini, o‘zgalarga paxta yetishtirib bug‘doy yetishtirib og‘ir mehnat qilib qatag‘onga uchrab sibr sovuqlaridan yurgan otasini janozasini emin erkin o‘qitolmay armonda o‘tgan  masjid yonidan o‘tayotib qaniydi shu Allohni uyiga kirib nomoz o‘qisam deb, masjidga tirmashib o‘tgan bobolarimiz bilishadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing