O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mustaqillik xalq ziynati

 
 

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasining 31 yilligini nishonlaymiz.

Bu ulug‘ kun qadrini, o‘zgalarga paxta yetishtirib bug‘doy yetishtirib og‘ir mehnat qilib qatag‘onga uchrab sibr sovuqlaridan yurgan otasini janozasini emin erkin o‘qitolmay armonda o‘tgan  masjid yonidan o‘tayotib qaniydi shu Allohni uyiga kirib nomoz o‘qisam deb, masjidga tirmashib o‘tgan bobolarimiz bilishadi.

Alohga shukurlar bo‘lsinki hozirgi kunda mustaqillik sharofati sabab masjidlarimiz nomozxonlar bilan to‘la, har bir fuqoromiz huquqi qonun bilan himoyalangan haj va umra ziyoratiga minglab vatandoshlarimiz borib kelmoqda. Azizlar bu kunlarni qancha kishilar orzu qilib o‘tdilar, ming shukurki bu kunlar sizu bizga nasib qildi, farzandlarimiz o‘zlari xoxlagan yurtlarda bilim olishmoqda, sportchilarimiz O‘zbekiston bayrog‘ini chetellarlda baland hilpirashiga hissa qo‘shib, qo‘shsha-qo‘shsha oltin medallar sohibi bo‘lmoqda. Alloh ta'olo aytadi: agar ne'matimga shukur qilsanglar ne'matimni sizlarga ziyoda qilib beraman, agar noshukurlik qilsanglar azobim sizlarga juda qattiq bo‘ladi degan.

Hozirgi kunda ba'zi davlatlarda xalqi tinchligiga noshukurlik qilib rahbarlarga bo‘ysunmay qancha azoblarga qolayotganini nonsiz, suvsiz, qiynalib muhojirlikda vafot etayotganliklarini  guvohi bo‘lib turibmiiz.

Keling aziz vatandoshlar ota-bobolarimiz orziqib kutgan mustaqilligimizni qadriga yetaylik, kelajak avlodga ozod–obod  Vatan qoldirishga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Shunday farohbahsh, jannatmakon yurtda yashayotganimiz uchun Allohga shukurlar bo‘lsin.

Go‘zal O‘zbekistonimizga ko‘z tegmasin, mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin.

Boqayev Safaxon

Kattaqo‘rg‘on tuman Abul Hasan Andoqiy jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 23/08/2022 10:25;   Ko‘rilganligi: 305
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mustaqillik-xalq-ziynati
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 09:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing