Долзарб мавзу

G‘aflatda qolmang! Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi va uning fazilatlari

Zulhijja so‘zi qanday ma'noni anglatadi? “Haj egasi” degan ma'noni bildiradi.

 

Zulhijja oyi qanday oy? Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa'da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

 

Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega? Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o‘n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh dargohida Zulhijjaning o‘n kunidan afzal kun yo‘q”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati)

 

Dindorini ixtiyor qilgin, baraka topasan

Yigit bir qiz bilan turmush qurish niyatida oilasi bilan uning uyiga taklif bilan bordi. Ikki oila o‘rtasidagi uchrashuvda qiz yigitdan Qur'oni Karimning nechta qismini yod olganini so‘radi. Yigit: “Hech bir qismini yod olmaganman, lekin Qur'oni Karimni yod olishga ishtiyoqim kuchli”, deb javob berdi. Yigit gapini davom ettirib, “Siz Qur'oni Karimni qancha qismini yod olgansiz”, deb so‘radi. Qiz “Faqat “Amma” porasini yod olganman”, deya javob berdi”.

 

Libos – insonning “ID kartasi”

Qadimdan libos insonning ijtimoiy mavqei, kasb-korini anglatgan. Boyonlar, musofir darveshlar, hunarmand-savdogarlar, shuningdek, urug‘ va elatlarni-da libosiga qarab tanisa bo‘ladi. Boisi kiyim madaniyat ko‘zgusi. Bugun yirtiq-yamoq shim, kalta paypoq kiygan yoshlar ko‘payib bormoqda. Bu ham madaniyat belgisi, deguvchilar topiladi. Ammo bu kabi “urf”lar xalqimizning qadimdan meros kiyinish madaniyatiga ta'sir ko‘rsatayotganini ko‘rib, og‘rinamiz.

Biz “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori, P.Benkov nomidagi Respublika rassomlar tayyorlash maktabining liboslar dizayni katta o‘qituvchisi Malika Qo‘ziyeva bilan shu mavzuda suhbatlashdik.

 

Qurbonlik qilish Alloh taoloning g‘azabini so‘ndiradi, Rabbimizning roziligiga erishtiradi.

Qurbonlik ko‘p qilinadigan joyda urush, ocharchilik, tabiiy ofatlar bo‘lmaydi.

Qurbonlik qilishga imkoni bo‘la turib, qurbonlik qilmagan kishining yo o‘zi, yoki bola-chaqrasi yoki moli yoxud tijorati kasodga uchraydi.

 

MOVAROUNNAHRDA HADIS ILMI

Alloh taolo Movarounnahr diyorini Islom nuri bilan munavvar qilganda, oz sonli sahobai kiromlarga bu diyorning ba'zi shaharlarida istiqomat qilish nasib etdi. Albatta, sahobalar roziyallohu anhum bor joylarda hadis majlislari uyushtrilar edi. Odamlar tevarak atrofdan ular bor joyga kela boshlashdi. Natijada yaxshigina hadis maktabi tashkil topdi. Bu maktab keyinchalik Is'hoq ibn Rohavayh al-Marvaziy va Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy kabi yetuk allomalar, buyuk muhaddislarni tarbiyalab, yetishtirdi.

 

Sharq va g‘arb kiyinish madaniyati bir-biridan tubdan farq qiladi

G‘arb mamlakatlarida balog‘at yoshidagi qizlar o‘z tanasini ko‘rsatishga bo‘lgan qiziqishi, ming afsuski, oddiy holatga aylanib bo‘lgan. Ko‘cha va jamoat joylarida emin-erkin, yarim-yalang‘och, hayvoniy sifatdagi ko‘rinishda yurish tabiiy hol bo‘lib qolgan.
G‘arb o‘z madaniyatini butun dunyoga targ‘ib etishi esa muammoni yanada kattalashishiga sabab bo‘layapti. Bunday achinarli holat nafaqat Yevropada, balki boshqa ko‘pgina davlatlarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazayapti. Sharq va g‘arb kiyinish madaniyati bir-biridan tubdan farq qilib, bular o‘rtasida doimo zid qarashlar mavjud.

 

Barmoqlar bilan tasbeh aytishning foydalari Tibbiy va ruhiy muolaja

Qo‘l kaftida inson ichki a'zolari tizimi va barcha hujayralarga bog‘liq nuqtalar bor ekanini zamonaviy ilm kashf etdi. Buni yana shunday tushunsa bo‘ladiki, inson kaftlaridagi barmoqlari bilan tasbeh (subhanalloh), tahmiyd (alhamdulillah) va takbir (Allohu akbar) aytganda, aynan o‘sha nuqtalar, tugunlarga ta'sir qilar ekan.

 

Bizning maqsadimiz hayotiy me'yorlarga amal qilgan holda, asrlar davomida asrab kelayotgan qadriyatlarimizga amal qilishdir

Inson ongiga uning nafaqat kiyinishi o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, balki atrof-muhit, zamonaviy texnologiya davridagi rang-barang behayo ko‘rsatuvlar, yarim-yalang‘och qizlar vositasidagi reklama roliklari, vahshiy, jangari, ehtirosni qo‘zg‘ovchi tuturuqsiz filmlarda ham ayol bosh rol ijrochisi sifatida behayolikni yuqori cho‘qqiga olib chiqishiga zamin bo‘lmoqda.

 

Muqaddas dinimizda muslima ayol faqat o‘z oilasi uchun ziynatlanishi mumkin

Islom dini hamisha insonlarni xayrli ishlarga, oila va jamiyat hayotida o‘zaro birdamlikda bo‘lishga, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi. Islom dinida ayolga bo‘lgan hurmat va e'tibor har bir musulmon hayoti uchun ta'siri juda katta bo‘lib uni asrash va e'zozlash juda muhim sanaladi.

 

Muftiy hazratning ma'ruzalari dunyo ulamolari tomonidan e'tirof etildi

O‘zbekiston buyuk allomalarga beshik bo‘lgan yurt. Shu bois, yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning ilmiy-ma'naviy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Bugunga kelib, ajdodlarimizga munosib merosxo‘r sifatida yurtimiz ulamolarining yuksak minbarlarda turib, butun dunyo musulmonlari birdamligi va tinchligi yo‘lida o‘zlarining salohiyatli tavsiyalarini brishi ham bejizga emas.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing