O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Dindorini ixtiyor qilgin, baraka topasan

 
 

Yigit bir qiz bilan turmush qurish niyatida oilasi bilan uning uyiga taklif bilan bordi. Ikki oila o‘rtasidagi uchrashuvda qiz yigitdan Qur'oni Karimning nechta qismini yod olganini so‘radi. Yigit: “Hech bir qismini yod olmaganman, lekin Qur'oni Karimni yod olishga ishtiyoqim kuchli”, deb javob berdi. Yigit gapini davom ettirib, “Siz Qur'oni Karimni qancha qismini yod olgansiz”, deb so‘radi. Qiz “Faqat “Amma” porasini yod olganman”, deya javob berdi”.

Suhbat tugagach, qiz otasiga o‘sha yigitga turmushga chiqishga roziligini aytdi. Chunki qiz yigitning unga bergan javobida samimiy ekanligini va uning qalbi iymon bilan to‘la ekanligini his qilgan edi. Turmush qurganlaridan so‘zng kelin kuyovidan Qur'oni Karimning barcha oyatlarini yod olishni so‘radi va yigit kelinining iltimosiga rozi bo‘ldi.

Kuyov va kelin Qur'oni Karimni yod olishga birgalikda kirishdilar. Qur'onni to‘liq yod olagnlaridan so‘ng yigit kelin bilan uning oilasinikiga mehmon bo‘lib bordi. Mehmondorchilik asnosida yigit xotinining ota-onasisiga xursandchilik xabarni yetkazish maqsadida ularning qizi va o‘zi Qur'oni Karimni to‘liq yodlab bo‘lganliklarini aytdi. Va dedi: “Qizingiz nihoyat Qur'onni to‘liq yodladi”. Lekin qizning ota-onasi bu xabardan hech bir hayojonlanishmadi. Axir, qizlari Qur'oni Karimni to‘liq yod olib, qoriya bo‘lganining xabarini eshitgan edilarku. Ular biroz jim qolishdi va bir necha daqiqadan so‘ng qizlarining Qur'onni to‘liq yod olganligini tasdiqlovchi guvohnomalar bilan qaytib keldi. Shunda yigit xotinining Qur'oni Karimni yod olgani bilan uni oilalari oldida uyalib qolmasligini xohlaganini tushundi.Chunki u haqiqatan ham solihava oqila ayol edi. Qo‘lini so‘rab kelgan yigitning husni, molu davlati yoki mansabiga e'tibor bermadi. Aksincha Qur'oni karimga bo‘lgan muhabbati, imoniga nazar qaratdi. Natijada o‘zi sababli zavjining qori bo‘lishiga erishdi. Ha azizlar, turmush qurayotgan har bir yigit-qiz jufti halolining dinu diyonatiga qarasa, inshaalloh, albatta baxtli bo‘ladilar. Chunki, buning kafolatini Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam “Ayol kishi to‘rt narsa uchun nikoh qilinadi: moli, jamoli, nasabi va dini uchun. Dindorini ixtiyor qilgin, baraka topasan”, deyaberganlar.

Alloh taolo qizlarimizni ana shunday soliha, oqila, qoriya bo‘lishlarini, o‘g‘illarimizni Qur'onga muhabbatli, qalblari iymonga limmo-lim, oilaparvar yigitlardan bo‘lishini nasib qilsin.

Boboyev Sarvarxo‘ja Samarqand shahar "Qo‘shboqqolli" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 23/06/2022 11:30;   Ko‘rilganligi: 303
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/dindorini-ixtiyor-qilgin-baraka-topasan
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 23:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing