Долзарб мавзу

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning ahli ilmlarga qilgan murojaatlariga munosabat

Darhaqiqat, ahli ilmlar xalqni va jamiyatni to‘g‘rilikka ergashtiruvchilar bo‘lib, ayni damda payg‘ambarlarning merosxo‘rlari hisoblanadilar. Odamlarning qo‘llaridan tutib, ularni yuksalish tomon yetaklaydilar. Alloh taoloning shariatiga amal qilishda go‘zal xulq bilan ziynatlanadilar va odamlarni ham shunga da'vat qiladilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning ahli ilmlarga qilgan murojaatlari ham ayni mana shu nuqtaga qaratilgan edi. Ahli ilmlarni go‘zal xulqlar bilan xulqlanishlariga va odamlarni hikmat va go‘zal mav'iza bilan to‘g‘rilikka da'vat qilishlariga chaqirdilar. Shu o‘rinda muftiy hazratlari ahli ilmlar ziynatlanishi zarur bo‘lgan xulqlar bor ekani va bunga barcha birdek amal qilishlari kerak ekanligiga ishora qildilar.

 

SAMARQAND – EZGULIKLAR OG‘USHIDA!

Bugun mahobatli binolari va mehmodo‘stligi bilan o‘zining uzoq o‘tmishi va buguni haqida salobat bilan darak berib turgan Samarqand tarixiy uchrashuvlargamezbonlik qilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, bu tadbirda Osiyo va Yaqin Sharq hududigi kiruvchi 14 mamlakat prezidentlari hamjihatlik va taraqqiyot yo‘lida jamlanmoqdalar.

SHHTning navbatdagi sammitipandemiya sabab uzilish bo‘lib qolgandan keyin bugungi o‘ta tahlikali zamonda Samarqandda bo‘lib o‘tayotganligi behikmat emas. Zero, SHHTni isloh qilish bo‘yicha har tomonlama muhim masalalar,ma'lum bir vaqt davomida osilib qolgan ko‘plab muammolar ham aynan bugun Samarqandda muhokama qilinadi.

 

Samarqand - Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo‘q

 Ayni  damlarda mamlakatimizda, xususan, ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan SHHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston bugunga qadar jami SHHT sammitlariga uch marotaba mezbonlik qilgan bo‘lsa, barcha anjumanlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Bu safargi sammit “Buyuk ipak yo‘li”ning chorrahasida joylashgan azim va ulug‘vor Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda.

 

Samarqand dunyo xalqlarini birlashtirgan chorrahadir

Samarqand dunyodagi eng qadimgi shaharlardan biridir. U arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi VIII asrda tashkil etilgan. 2000 yildan ortiq vaqt davomida bu shahar Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi Buyuk Ipak yo‘lining muhim nuqtasi, shuningdek, O‘rta asr Sharqidagi ilm-fanning asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Tarixiy obidalarga boy Samarqand O‘rta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2001 yilda YUNYESKO tomonidan “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” deb e'lon qilindi. 2007 yilda esa shaharning 2750 yillik yubileyi nishonlandi. 

 

Mehmon rizq-ro‘z keltiradi

Inson maqsadlari yo‘lida doimo izlanadi. Unga yetish uchun esa eng zarur omil tinchlik va osoyishtalikdir. Yurtimiz va har bir oiladagi hotirjamlik kishining ish samaradorligini oshishiga, oila mustahkamligiga asos bo‘ladi. Qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga, farovonligiga zamin yaratadi.

Muhtaram Prezidentimiz tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratishni bosh maqsad qilib belgilab berdilar. Kuni kecha Yurtboshimizning "Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhasi ostidagi maqolalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

 

YAXSHILIK VA TINCHLIK YO‘LIDA BIRLASHIB, DADIL ODIMLYOYOTGAN TUZILMA

Bismillahir Rohmanir Rohim. Buyuk mutafakkir va aziz avliyolar hoki qo‘nim topgan, osori atiqalar fayz bag‘ishlab turadigan Samarqand bugun yana dunyo nigohida. Sayyoramizning eng nufuzli tuzilmalaridan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari mezbonlik qilmoqda. Milliy davlatchiligimiz tarixida muhim o‘rin tutadigan va bugun xalqaro muloqot maydoniga aylanib borayotgan Samarqandda ilk bor bunday yirik xalqaro tadbirning o‘tkazilayotgani, albatta, butun diyorimiz ahli uchun faxr va iftixordir. Unda 15 davlat yetakchisi, o‘ndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari, dunyoning ko‘zga ko‘ringan ekspert va tahlilchilari, siyosatshunoslar mazkur sammitda ishtirok etishi kutilmoqda.

 

SAMARQAND TURLI G‘OYA VA BILIMLAR “QAYNAGAN” MAKON

Shu kunlarda mamlakatimizda, xusuan, Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan SHHTning navbatdagi Samarqand sammitiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

Bu qiziq

Biz bilgan va bilmagan Zamzam qudug‘i haqida ...

Zamzam qudug‘i yer satxidan tahminan 13 metr pastda joylashgan...
Qizig‘i shunda-ki, undan soniyasiga 8000 litr tezlikda suv tortib olinganida uning satxi deyarli 50 metr pastga tushib ketadi...
Suv olish to‘xtatilganida esa 11 daqiqadan so‘ng, u yana eski satxiga qaytib oladi...

 

ZARARLI ILLATLARDAN SAQLANAYLIK!

Sayyora opa o‘zi shoshib turgan bo‘lishiga qaramasdan, qo‘zg‘alayotgan avtobusga oshiqmadi. Vaholanki, avtobusda bo‘sh o‘rindiqlar bor, bemalol o‘tirib ketishi mumkin edi. Uni transportga chiqishdan to‘sgan narsa – haydovchining qo‘lida tutatib turgan tamakisi borligi edi.

Sayyora opa bu avtobusga bundan avval ham bir necha marta chiqqan: avtobus haydovchisining hech kimning rioyasini qilmay, burqsitib tamaki tutatib ketishidan xabari bor edi. Yo‘lovchilar orasida ayollar bo‘ladimi, keksa yoshdagilar, yosh bolalarmi unga farqi yo‘q. Yurak yutib, e'tiroz bildirganlarga esa jahl ham qilib qo‘yardi.

 

Saxiylik – fazilatdir.

Dinimiz insonlarni doimo saxovatli bo‘lishga undaydi. Mo‘min banda Alloh taolo va Rasululloh sollallohi alayhi vasallamning va'daliga ishonib, xayr-sadaqa bilan rizqim kamayib qolmaydi, balki baraka kiradi deb e'tiqod qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohi alayhi vasallamning bir hadislarida: “Kim bir mo‘minni shu dunyodagi biror tashvishidan xalos etsa, Alloh uning oxiratdagi tashvishlaridan xalos etadi. Kim bechorahol kishiga yordam bersa, Alloh unga ikki dunyoda yordam beradi. Kim bir mo‘minning aybini berkitsa, Alloh uning ikki dunyodagi ayblarini berkitadi. Banda birovning yordami uchun harakat qilar ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘laveradi.”, deyiladi (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyati).

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing