Долзарб мавзу

ALLOH TAOLONI TANISH.

Insonni mukarram ,aqlli qilib yaratilishi unga Xoliqini tanishlikni vojib qiladi.Allohni tanishlikka aql shart qilingandir.Sog‘lom aql o‘z egasini dunyo malomatlaridan va oxirat nadomatlaridan asraydi. Aql egasi uchun borliqni yaratguvchisini tanimaslikda xech kanday uzr yuq. Ba'zi xabarlarda Allohni tanimaslik ko‘zning oq va qorasi orasichalik kufrga yakindir deyilgan. Har bir inson tabiatida Yaratguvchisini tanishlikka moyillik bor. Bunga Qur'on oyatlari va Payg‘ambarimiz sallallohu alyhi vasallam hadislarida dalolatlar kup. "Kim Alloxni tanimasdan dunyodan o‘tsa do‘zaxda qoladi "- deyilgandir "Zohirur rivoya"da. Imom A'zam" Agar Alloh payg‘ambarlar yubormaganda ham, bandalarga o‘z aqllari bilan Allohni tanishlik vojib bo‘lardi"- deganlar. Barchamiz miysoq kunida Allohni Robbimizsan deb ahdu paymon berganmiz. Harbir inson islom fitratida tug‘iladi. O‘zini tanigan har bir banda Robbisini taniguvchidir. ("Sharhu Badil amali "kitobi matni asosida tayyyorlandi)

 

Zayniddin domla Eshonqulov: Rasul alayhissalomning shafoatlari yer yuzidagi daraxtlar adadichadir (fotolavha)

Daraxtlarsiz sayyora cho‘lga aylanadi. Ularsiz esa har bir tirik jonzot uchun yashash og‘irlashib qoladi. Bu ajoyib o‘simliklar Haq taolo yaratgan narsalarning eng g‘aroyiblaridan.

Alloh taolo marhamat qiladi: “O‘zingiz yoqadigan olovni o‘ylab ko‘ring-a! Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?” (“Voqea” surasi, 71–72-oyatlar).

 

Fitna tushunchasi

Azhariy aytadilar: “Arablarning kalomida fitna so‘zi “sinov, imtihon” degan ma'nolarni bildiradi. Bu aslida “fatantul fizzota vaz zahaba” degan so‘zdan olingan bo‘lib, oltin va kumushni yaxshisini yomonidan ajratish uchun olovda eritdim, deganini bildiradi. Alloh taoloning “Yavma hum alan naari yaftanun” degan so‘zi ham mana shu ma'nodadir”[1].

Ibnul Arobiy fitnaning ma'nolarini o‘zlarining quyidagi so‘zlari bilan xoslaydilar: “Fitna bu – sinov, fitna bu – mashaqqat, fitna bu – mol, fitna bu – farzandlar, fitna bu – kufr, fitna bu – insonlarning fikrlari bilan ixtilof qilishlari, fitna bu – olov bilan yondirish”[2].

 

MARHUM OLIMLARNING TIRIKLAR ZIMMASIDAGI HAQQI

Olimning o‘limi ko‘p-ko‘p yaxshilikning qo‘ldan boy berilishi bilan barobar. Uning tirikligi g‘animat, o‘limi musibatdir. Chunki olim o‘z nuri bilan yon-atrofiga ziyo taratib turuvchi shamga o‘xshaydi. Uning o‘limi ilmning kamayishi va ilmsizlikning ko‘payishiga, odamlarning to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishishi va haqiqatdan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi.

 

Tarbiya ta'limning asosida turishi shartdir

Ta'lim–tarbiya borasida gap ketar ekan avvalo bu masala bugunning masalasi emasligini  hammamiz yahshi bilamiz, balki bu borada insoniyat tarihiga nazar tashlansa insonit yaratilibdiki uninig asosiy maqsadi — millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar o‘z avlodlariga go‘zal t'lim –tarbiya berish bo‘lgan. Ayni paytda ta'lim tarbiyani turli hil usullarini qo‘llanayotgan zamondamiz. Shu bilan birga o‘tgan ajdodlarimiz ham doimo ta'lim – tarbiya masalasiga diqqat e'tiborli bo‘lib kelganlar. Bugun aksar farzandlarimizni ta'lim tarbiyasini ko‘rib ko‘zlarimizga quvonch yoshlari kelsa ba'zilarini ko‘rib ularga yetarlicha tarbiya berolmaganimizga kuyinamiz.

 

Aqidada ixtiloflar bo‘lgan joyda botil e'tiqodlar ildiz otadi

Bizni Ahli sunna va jamoa toifasidan qilib to‘g‘ri yo‘lga boshlagan Alloh taologa hamd bo‘lsin. Va ummatlarni haq yo‘lga boshlagan Payg‘ambarimizga salovotu durudlar bo‘lsin.

Avvalo, aqidada ixtiloflar bo‘lgan joyda botil e'tiqodlar ildiz otadi. Chunki aqidasi durust va sog‘lom bo‘lmagan kishining din va imoni sahih bo‘lmaydi.

 

BMT 77 yoshda

“Ey imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va

shaytonning izidan ergashmangiz!

Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.

Qur'oni Karim

Baqara surasi 208 oyat

 

 

Missionerlikka berilgan berilgan ta'riflar va uning tarixi

Missionerlik – biror dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishdir. Buddizmda miloddan avvalgi III asrdan boshlab yoyilgan, Xristianlikda missionerlik IV asrdan paydo bo‘lgan. XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovi missionerlik Ispaniya va Portugaliya mustamlaka imperiyalari tashkil topgach (XV-XVI asrlar), o‘z faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik yangi yerlarni zabt etishda mustamlakachilarga yordam berdi. Katolik missionerlariga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ‘ibot kongregatsyasini ta'sis etdi. Missionerlik XIX asrning uchinchi choragida, imperialistik davlatlar dunyoni bo‘lib olish uchun kurash olib borgan davrda faollashdi. Xristian missionerlari Afrikada o‘z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Missionerlik muassasalari yirik kapital va yerlarni tasarruflariga olib, o‘z mamlakatlari siyosatini o‘tkazishga katta yordam beradilar. Hozir ham missionerlar imperialistik doiralar manfaatini ko‘zlab ish olib bormoqdalar.

 

Farzand tarbiyasida oilaning o‘rni qanchalik muhim?

Oila-jamiyat poydevori. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, biz yashab turgan mahalladan shakllanadi. Yurtimizning ertangi kuni, tinch va osoyishta hamda obod bo‘lishi eng avvalo mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi, ertangi kuni tinch va osoyishta bo‘ladi.

 

Mavzu' hadislar: hadis to‘qish past va yaramas ishdir!

Istelohda esa, to‘qilgan yolg‘on bo‘lib, sun'iy ravishda keltirilgan va Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga nisbat berilgan xabardir. Bunday narsaning “mavzu'” deb nomlanishining sababi shuki, kim shu ishni qilsa, martabasi albatta pasayadi. Bu narsaning o‘zi ham past narsa, yaramas narsa hisoblanadi[1].

Mavzu' hadisning “mavzu'” so‘zi ortidan “hadis” so‘zini ham qo‘shib “mavzu' hadis”, deb aytish haqida ulamolardan turli fikrlar kelgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing