Tarbiya ta'limning asosida turishi shartdir
Ta'lim–tarbiya borasida gap ketar ekan avvalo bu masala bugunning masalasi emasligini hammamiz yahshi bilamiz, balki bu borada insoniyat tarihiga nazar tashlansa insonit yaratilibdiki uninig asosiy maqsadi — millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar o‘z avlodlariga go‘zal t'lim –tarbiya berish bo‘lgan. Ayni paytda ta'lim tarbiyani turli hil usullarini qo‘llanayotgan zamondamiz. Shu bilan birga o‘tgan ajdodlarimiz ham doimo ta'lim – tarbiya masalasiga diqqat e'tiborli bo‘lib kelganlar. Bugun aksar farzandlarimizni ta'lim tarbiyasini ko‘rib ko‘zlarimizga quvonch yoshlari kelsa ba'zilarini ko‘rib ularga yetarlicha tarbiya berolmaganimizga kuyinamiz.
Ha, tarbiya borasida taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan chuqur ma'noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Bugun ilm-fan va ta'lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya ta'limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta'lim-tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog, muallim va ustozning ta'lim berishdan maqsadi – kelajagi porloq, Vatan va el-yurt xizmatida turadigan kadrlarni tarbiyalash bo‘lar ekan, bunday ta'lim-tarbiya o‘z samarasini bermay qolmaydi. Ya'ni, bugungi kunning o‘qituvchi va muallimi o‘zi ta'lim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan ta'lim berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi bo‘lishi shart.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Shunday ekan, ta'lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borish talab etiladi. Degan edilar. Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.
Yana shuni ham yahshi anglash lozimki — Axloqiy tarbiya diniy tarbiya bilan mustahkam bog‘liqdir. Islom dinida axloqiy tarbiya diniy tarbiyaning ajralmas qismi desak, mubolag‘a qilmaymiz. Zero, din yaxshi deb hisoblagan va targ‘ib etgan narsalar ezgulik, yomon deb hisoblagan va man etgan narsalar esa yovuzlik hisoblanadi. Shuningdek, din buyurgan, hayotda va muomalada kasb etishga targ‘ib etgan axloq va fazilatlar Islom jamiyatida qadriyat, husni xulq va ma'naviy fazilatlar hisoblanadi. Axloqi va muomalasi go‘zal bo‘lmagan musulmonning dini ham mukammal hisoblanmaydi.
Axloqiy tarbiya va uni amalga oshirish borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi muborak so‘zlari har bir musulmon uchun dastur bo‘lmog‘i kerak:
«Hech bir ota o‘zining farzandiga yaxshi tarbiya berish va odob o‘rgatishdan ortiq hadya qilolmaydi». Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Demak ta'limni asosida ham tarbiya yotadi va farzandlarimizni ta'lim-tarbiyasi go‘zal va komil insonlar bo‘lib yetishishi uchun muqaddas dinimiz o‘rni beqiyos ekanligini unutmasligimiz kerak.
Boboyev Sarvarxo‘ja
Samarqand shahar "Muhammad Amin ota" jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 25/10/2022 15:31; Ko‘rilganligi: 3621
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:57