O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

SAMARQAND – EZGULIKLAR OG‘USHIDA!

 
 

Bugun mahobatli binolari va mehmodo‘stligi bilan o‘zining uzoq o‘tmishi va buguni haqida salobat bilan darak berib turgan Samarqand tarixiy uchrashuvlargamezbonlik qilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, bu tadbirda Osiyo va Yaqin Sharq hududigi kiruvchi 14 mamlakat prezidentlari hamjihatlik va taraqqiyot yo‘lida jamlanmoqdalar.

SHHTning navbatdagi sammitipandemiya sabab uzilish bo‘lib qolgandan keyin bugungi o‘ta tahlikali zamonda Samarqandda bo‘lib o‘tayotganligi behikmat emas. Zero, SHHTni isloh qilish bo‘yicha har tomonlama muhim masalalar,ma'lum bir vaqt davomida osilib qolgan ko‘plab muammolar ham aynan bugun Samarqandda muhokama qilinadi.

Samarqand deganda azal-azaldan ilm-fan, madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar tamadduniga beshik bo‘lgan azim shahar barchaning tasavvurida shakllanadi. 

Bir so‘z bilan aytganda SHHTning asosiy vazifasi bugungi dunyoning uchta jiddiy xavf-xatari hisoblanmish ekstrimizm, terrorizm va separatizmga qarshi kurashishdan iboratdir. Muqaddas dinimizning olamshumul ilohiy ta'limotlari asrlar osha insoniyatni ezgulikka, ma'rifatga chorlab kelgani inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Samarqand zaminida abadiy qo‘nim topgan minglab ulug‘ zotlar aynan mana shu kabi ezgu maqsad yo‘lida birlashib harakat qilgan va o‘zlaridan insoniyat uchun mislsiz moddiy va nomoddiy meros qoldirganlar. Butun dunyoga islomning sof aqidasi, ezgulikka yo‘g‘rilgan ta'limotini ilmiy va amaliy jihatdan tarannum etganlar. Zero, ma'rifat va hamjihatlik bor joyda jaholat chekinadi. Ma'rifatsizlikesa jaholatning har qanday ko‘rinishi uchun qulay muhit demakdir.

Iftixor tuyg‘usi bilan baralla ayta olamizki, bugun katta tadbirga mezbon bo‘lib turgan Samarqand insoniyat tarixida ilm-fan, madaniyat va ma'rifat chashmasi bo‘lib kelgan. Bu musaffo chashmadan dunyo ahli bahramand bo‘lgan. Buni quyidagi ta'rifu tavsiflar misolida ham guvohi bo‘lishimiz mumkin:

لِلنَّاسِ  فِي  أُخرَاهُمُ   جَنَّةٌ        وَجَنَّةِ    الدُّنيَا     سَمرقَندُ

يَا مَن يُسَوِّي أَرضَ بَلخٍ بِهَا        هَل يَستَوِي الْحَنظَلُ وَالقَندُ

ابن الفتح البُسْتي

 

Insonlar uchun oxiratda jannat bordir,

Dunyoning jannati esa Samarqanddir.

Hoy Balx yerini unga tenglashtirayotganlar,

Hech vaqt Xanzal (achchiq o‘simlik) bilan qand teng bo‘lurmi.

(Ibn al-Fath al-Bustiy)

Bugun jonajon vatanimiz O‘zbekistonning bag‘rida quyosh misoli porlab turgan betakror Samarqandda bo‘lib o‘tayotgantadbir o‘ta tahlikali davrda davlatimiz rahbariyatining yuqori darajadagi diplomatik mahorati va katta mas'uliyati bilan tashkillashtirilmoqda. Ushbu SHHT sammitida qabul qilinajak Samarqand deklaratsiyasi va boshqa loyihalar jonajon vatanimiz va butun dunyo xalqlari uchun ko‘plab manfaatlar olib kelishini Haq taoloning O‘zi nasibu muyassar aylasin!

 Samarqand shahar Lohutiy jome masjidi imom xatibi O‘tkir Umirqulov


Kiritilgan vaqti: 15/09/2022 17:29;   Ko‘rilganligi: 349
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/samarqand-ezguliklar-ogushida
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 12:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing