O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Samarqand - Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo‘q

 
 

 Ayni  damlarda mamlakatimizda, xususan, ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan SHHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston bugunga qadar jami SHHT sammitlariga uch marotaba mezbonlik qilgan bo‘lsa, barcha anjumanlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Bu safargi sammit “Buyuk ipak yo‘li”ning chorrahasida joylashgan azim va ulug‘vor Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda.

Samarqand nafaqat mamlakatimiz balki dunyo ilm-fani, madaniyati, tarixi uchun beqiyos hissa qo‘shgan olimlar yetishib chiqqan yurt hisoblanadi. “Ushbu afsonaviy shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo‘q. Samarqandning shonli tarixiy merosi bunga xizmat qiladi. Ko‘p asrlar mobaynida bu shahar Yevropadan Xitoygacha bo‘lgan mamlakatlarni mustahkam rishtalar bilan bog‘lab, Shimol va Janubni, Sharq va G‘arbni yagona chorrahada tutashtirgan”, — deya yozadi prezident o‘zining “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” maqolasida. 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur sammitda 14 davlat yetakchisi, o‘ndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari, dunyoning ko‘zga ko‘ringan ekspert va tahlilchilari, siyosatshunoslar ishtirok etayotir. Bu esa mezbon mamlakat uchun faxr va iftixor bag‘ishlash bilan birga katta mas'uliyatni ham talab etadi.

Bu galgi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi Yangi O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi barchani diqqat markazini tortmoqda. Shuning uchun ham muhtaram Yurtboshimiz o‘z maqolalarida “Samarqand ruhi” – hamkorlik, o‘zaro anglashuv va do‘stlik ifodasi”deya aniqlik kiritdilar.

Bilamizki, Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001 yil 15 iyunda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Uning sammitlari 2004, 2010 va 2016 yillarda Toshkent shahri mezbonligida o‘tkazilgan edi.

Bugun to‘rtinchi bor, avvalgilaridan o‘ta farqli, olamshumul ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta'birlari bilan aytganda bu sammit “Bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr” da Yangi O‘zbekiston raisligida o‘tkazilmoqda. Sammit ishida tashkilotga a'zo 8 ta mamlakat – Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Hindiston Respublikasi, shuningdek, tashkilot huzuridagi 3 ta kuzatuvchi davlat  – Belarus Respublikasi, Mo‘g‘uliston va Eron Islom Respublikasi yetakchilari ishtirok etishlari kutilmoqda.

O‘zbekiston bugunga qadar jami SHHT sammitlariga uch marotaba mezbonlik qilgan bo‘lsa, barcha anjumanlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Bu safargi sammit “Buyuk ipak yo‘li”ning chorrahasida joylashgan azim va ulug‘vor Samarqand shahrida tashkil etilmoqda. Samarqand nafaqat mamlakatimiz balki dunyo ilm-fani, madaniyati, tarixi uchun beqiyos hissa qo‘shgan olimlar yetishib chiqqan yurt hisoblanadi. Ushbu shahar Amir Temur bobomiz asos solgan saltanatning poytaxti sifatida ko‘p yillar markaz vazifasini o‘taganligi barchamizga ma'lum. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bugungi Samarqand shu kabi yirik anjumanlarni tashkil qila olish va o‘tkazish salohiyatiga ega. Davlat rahbari Samarqand o‘n to‘rtta mamlakat yetakchilarini tashkilotning va unga a'zo har bir davlatning farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladigan yangi va ilg‘or taklif hamda tashabbuslari bilan kutib olishga tayyor ekanini bildirgan.

Alloh taolo manashunday savobi ulug‘ ishlar va ezgu duolar barakotidan mazkur nufuzli sammitda qabul qilinadigan qaror va imzolanadigan kelishuvlar dunyoda tinchlik hukmron bo‘lishi, xalq va millatlarning farovon yashashi, shu jumladan, Vatanimiz taraqqiyoti bundanda rivoj topishiga sabab bo‘lsin.

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 15/09/2022 17:10;   Ko‘rilganligi: 402
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/samarqand-shanxay-hamkorlik-tashkiloti-tarixida-muvaffaqiyatning-yana-bir-sahifasini-ochishiga-shubha-yoq
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing