Xabarlar

Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentning ko‘rsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish ko‘zda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va to‘rtta minora qurish, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma obyektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.

 

“Asrlar qa'ridan taralayotgan yog‘du” mavzuida islomshunos olimlarning xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi

“O‘zbekiston – Buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi doirasida 25 avgust kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Asrlar qa'ridan taralayotgan yog‘du” mavzuida islomshunos olimlarning xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

 

Aholiga kitob mutolaasining foydalari haqida so‘zlab berildi

AQSHning Yel universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra kitob mutolaasini sevadigan va bu ish bilan muntazam shug‘ullanadigan kishilar boshqalarga nisbatan 2 yil ko‘proq umr ko‘rar ekan.

 

Tuman va shahar bosh imom xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi

Joriy yilning 20 avgust kuni viloyatimizning shahar va tuman bosh imom xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi viloyat vakilligi binosida bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari X.Sattarov olib bordi.

 

Albatta Alloh pokdir, poklikni yaxshi ko‘radi

Muqaddas dinimiz ta'limotlarida poklik iymondan deb xisoblanadi. Islom poklik va poklanish ishlariga o‘ta jiddiy nazar bilan karaydi. Hadisi sharifda: “Albatta Alloh pokdir, poklikni yaxshi ko‘radi, tozadir tozalikni yaxshi ko‘radi, oliyjanobdir oliyjanoblikni yaxshi ko‘radi, saxiydir saxovatni yaxshi ko‘radi.

 

MASJID VA ZIYORATGOHLARDA HASHARLAR O‘TKAZILMOQDA

Mamlakatimizning barcha hududlari, mahallalar, korxona va tashkilotlar, mehnat jamoalarida bo‘lgani singari bugun erta tongdan Samarqand viloyatidagi barcha masjid va ziyoratgohlarda ham hashar bo‘lib o‘tmoqda.

 

TAYLOQ TUMANIDA YANGI MASJID QURILISHI BOSHLANDI

Masjidlar barpo etish, obod qilish hamda ularni ta'mirlash ulug‘ savobli amallardir. Ko‘plab masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. 

 

QURBONLIK O‘Z SOHIBINI DO‘ZAXDAN HIMOYA QILADI

Alloh taolo shunday deb marhamat qildi:

Bas, Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik so‘y” (Kavsar surasi 2-oyat).

Qurbonlik qilishdan maqsad banda Allohning amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir.

 

Makka shahrida o‘tkazilgan tadbirda vakillarimiz ishtirok etdi

Turkiyaning “Diyonat ishlari boshqarmasi” tomonidan 13 avgust kuni Makka shahrida“Qurbon hayiti” munosabati bilan anjuman o‘tkazildi. Unda yigirmadan ziyod davlatlarning Haj ishlari bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.

 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi qurbonlik marosimi o‘tkazdi

Samarqand viloyatining 271 ta jome masjidida erta tong bilan yig‘ilgan jamoat  “Qurbon hayiti” namozini ado etdilar. Namozdan so‘ng Alloh taologa duo qilib, ibodatlarni qabul qilishi, gunohlarni mag‘firat etishini, xalqimizga ushbu qutlug‘ ayyomni fayzu barakotli bo‘lishini, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik ne'matini bardavom aylab, xalqimiz faravonligini yanada ziyoda etishini so‘rab duolar qildilar.

 

Arafot tog‘idan tabrik va duolar

Zulhijja oyining 9 kuni Hojilar Mino vodiysidan Arafotga kelib joylashdilar. Haj ibodatining eng muhim manosiklaridan biri Arafot maydonida bir muddat turishdirHaj ibodatining eng muhim manosiklaridan biri Arafot maydonida bir muddat turishdir.

 

Samarqandda Qurbon hayiti namozi 271 ta masjidda o‘qiladi

Barchamiz uchun ulug‘ bo‘lgan, Islom olamidagi muborak ayyomlardan biri Qurbon hayitini nishonlash arafasidamiz.

Shodiyona munosabati bilan kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar, Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari tarbiyalanuvchilaridan xabar olish ishlari boshlab yuborildi.

 

Muftiy hazratlari Samarqandlik hojilar bilan uchrashdi

Kecha, 3 avgust kuni Makka shahrida bo‘lib turgan Samarqand viloyatidan Haj safariga borganlar bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari uchrashdi. Uchrashuv Makka shahridagi “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda muftiy hazratlari so‘zga chiqib, haj amallarini to‘la-to‘kis ado etish bilan bog‘liq muhim tavsiyalarni berdi.

 

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Q A R O R I

 

BIRINCHI GURUH SAMARQANDLIK ZIYORATCHILAR MAKKA SHAHRIGA YO‘L OLDILAR

Xabaringiz bor 26 iyul kuni Samarqand viloyatidan 229 nafar yurtdoshlarimiz Muborak Haj amalini niyat qilib, safarga chiqqan edilar. 28 iyul kuni esa viloyatimizdan yana 230 nafar fuqarolarimiz Madina shahriga parvoz qildilar. O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylashgan besh yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylashdi. Haj ibodatini ado etishga mo‘ljallangan safar chog‘ida ziyoratchilar Madina shahrida uch kun davomida “Masjid an-Nabaviy” masjidi, Payg‘ambarimiz alayhissalom ravzalari(maqbaralari)ni, Uhud tog‘i, Qubo, Qiblatayn kabi tabarruk joylarni ziyorat qildilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing