O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Q A R O R I

Muborak Qurbon hayitining ma'naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ramzi ekanini e'tiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maqsadida:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11 avgust – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2019 yil 11 avgust Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Sh. Mirziyoev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Toshkent shahri


Kiritilgan vaqti: 03/08/2019 17:01;   Ko‘rilganligi: 949
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/qurbon-hayitini-nishonlash-togrisida
Chop etilgan vaqti: 03/03/2024 16:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing