O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

TAYLOQ TUMANIDA YANGI MASJID QURILISHI BOSHLANDI

 
 

Masjidlar barpo etish, obod qilish hamda ularni ta'mirlash ulug‘ savobli amallardir. Ko‘plab masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. 

Xalqimiz bunday jome masjidlarda ibodatlarini xotirjam ado etayotganlaridan mamnunlar va bu kabi xayrli ishlar diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan ulkan e'tiborning natijasidir.

         Samarqand viloyatida 285 ta masjid faoliyat olib bormoqda. Tayloq tumanidagi “Abdurahmon ad-Dorimiy” jome masjidi 1996 yildan buyon faol yuritib kelmoqda. Ushbu masjidning zamonaviy shaharsozlik me'yorlari va qoidalariga muvofiq keladigan yangi binosini qurish uchun loyiha tayyorlandi. Loyihada masjid binosi hashamatli, namozxonlar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilgan. Yangi barpo etiladigan masjid binosining xonaqo qismida bir vaqtning o‘zida 600 nafar namozxon ibodat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, masjid yonida ko‘p o‘rinli, zamonaviy tahoratxona, xizmat xonalari bunyod etiladi.

         Bugun, 17 avgust kuni “Abdurahmon ad-Dorimiy” jome masjidining yangi binosini qurish uchun ilk ishlar amalga oshirildi. Ushbu tadbirda Tayloq tuman hokimi B.Bobonazarov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari X.Sattarov, Tayloq tuman bosh imom xatibi B.Ismoilov, nuroniy otaxonlar, mahalla faollarari va masjid jamoasi ishtirok etdi. Yig‘ilganlar xayrli duo, ezgu niyatlar bilan tabarrukona bino poydevoriga reja tortdilar. Masjid tez orada qad ko‘tarib, hudud aholisining diniy-ma'rifiy bilimlari, axloqi, ibodatlari uchun munavvar maskan bo‘lib xizmat qilishini tilab duoi xayrlar qilindi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/08/2019 15:19;   Ko‘rilganligi: 1245
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tayloq-tumanida-yangi-masjid-qurilishi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 16/05/2024 02:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing