Xabarlar

MURUVVAT UYIGA QILINGAN SAXOVAT

Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan aholini yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtoj, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab qo‘vatlash, ularga yaqindan yordam berib, aholini turmush tarzini oshirishga katta ahamiyat berilib, bu borada bir qancha Qaror va Farmoyishlar chiqarilgan.

 

Xalqaro ahvol va xavfsizlikni ta’minlash

Joriy yilning 25 noyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumani Chelak qishloq xo‘jalik kolleji majlislar zalida “Xalqaro ahvol va xavfsizlikni ta’minlash” masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi A.S.Jo‘rayev, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Z.Eshonqulov, mahalla oqsaqol va faollari hamda kollej o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 

XALQIMIZ BOR BO‘LSIN

2015 yilning 23 noyabr kuni ertalab soat 04.00 atrofida Samarqand shahri So‘zangaron mahallasida joylashgan “Xo‘ja Nisbatdor” jome’ masjidida yong‘in yuz berdi. Ko‘ngilsiz hodisaning kelib chiqishiga masjid yonidagi savdo do‘koni bilan ayvon tutashgan qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Oqibatda masjidning qo‘shimcha ayvonlariga zarar yetgan. Hodisadan xabar topgan mahalla ahli zudlik bilan o‘t o‘chirish xodimlariga xabar bergan.

 

ROSSIYA DIN PESHVOLARI SAMARQANDDA

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi raisi, muftiy Abdulquddus Asharin boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 14 noyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islamov, bosh imom-xatib o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov va boshqa masu’llar hamrohlik qilishdi.

 

VARSH QIROATIDA O‘QIGAN IMOM

O‘zbekiston musulmonlari idorasida joriy yil 3 noyabr kuni o‘tkazilgan “Yil imomi – 2015” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom noibi Qamariddin Bahriyev faxrli ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar qilgan edik.

 

YIL IMOMI-2015 ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Yil imomi-2015” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi har yilgidanda qiziqarli va murosasiz kechdi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 225 ball to‘plagan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «To‘xtaboy” jome masjidi imom-xatibi Begmatov Isoqjon birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi, kompyuter jamlanmasi va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing