Arafot tog‘idan tabrik va duolar
Zulhijja oyining 9 kuni Hojilar Mino vodiysidan Arafotga kelib joylashdilar. Haj ibodatining eng muhim manosiklaridan biri Arafot maydonida bir muddat turishdirHaj ibodatining eng muhim manosiklaridan biri Arafot maydonida bir muddat turishdir.
Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Haj – arafadir”, deya marhamat qilganlar. Arafot shimolida Rahmat tog‘i bo‘lib, unda Payg‘ambar alayhissalom so‘nggi hajlarida mashhur vado' (vidolashuv) xutbasini qilganlar. Arafotda duolar ijobat bo‘lishi ta'kidlangani uchun unda Rahmat tog‘iga yuzlanib Alloh taologa yolborish, tavba-tazarrular qilish, rahmat-mag‘firat so‘rash sunnat amallardandir.
Amr ibn Shua'ybdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi Arafot kuni duosidir”, dedilar”.
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.
Shunday ekan hamma hojilar Arafot tog‘iga borib, Alloh taolodan gunohlarining kechirishini so‘rab yolvordilar. Yurtdoshlarimiz o‘zlari, ahli oilalari, yoru do‘stlari va barcha mo‘min-musulmonlarning haqlariga duolar qilib, Ulug‘ Mavloga iltijo qilmoqdalar. Yurtimizning tinch, xalqimizning farovonligi bundan ham ziyoda bo‘lishini, ularni mana shunday muqaddas zaminda ibodatga qoim bo‘lib, duoga qo‘l ochib turishlariga hissa qo‘shgan, xizmatlarida kamarbasta bo‘lib turgan barcha mutasaddilarning ham qalblaridagi ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishini so‘radilar...
Mana shunday tabarruk maskanda turib O‘zbekiston musulmonlari idoarsi raisi, muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va barcha yurtdoshlarimizga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladilar.
Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omonlikda bo‘lsin. Hojilarimizni ham Alloh taolo ibodatlarini qabul qilsin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 10/08/2019 18:55; Ko‘rilganligi: 1619
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 12:55