O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda Qurbon hayiti namozi 271 ta masjidda o‘qiladi

 
 

Barchamiz uchun ulug‘ bo‘lgan, Islom olamidagi muborak ayyomlardan biri Qurbon hayitini nishonlash arafasidamiz.

Shodiyona munosabati bilan kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar, Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari tarbiyalanuvchilaridan xabar olish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu bayramning yana bir jihati hayit namozi o‘qilganidan so‘ng haqdor kishilar tomonidan jonliqlar so‘yilib, muhtojlarga tarqatiladi.

Shu kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondining viloyat filiali tomonidan ham qurbonlik tashkil etilib, muhtoj insonlarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.

Ulug‘ ayyomni yaxshi kutib olish maqsadida shu oyning 3-4 avgust kunlari hayit namozi o‘qiladigan 271 ta jome masjidida hashar tashkil etildi. Shuningdek, ulug‘ avliyolar qo‘nim topgan ziyoratgohlarda obodonlashtirish va tozalik ishlari olib borildi. Hamkor tashkilotlar yordamida masjidlarda shart-sharoitlar yaratilib, jamoat va harakat xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik, xalqimizning ma'naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz Qurbon hayiti bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaymiz!

 

Xayrulloh Sattorov,

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakili orinbosari.


Kiritilgan vaqti: 09/08/2019 17:06;   Ko‘rilganligi: 1239
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-qurbon-hayiti-namozi-271-ta-masjidda-oqiladi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 18:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing