O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tuman va shahar bosh imom xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi

 
 

Joriy yilning 20 avgust kuni viloyatimizning shahar va tuman bosh imom xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi viloyat vakilligi binosida bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari X.Sattarov olib bordi.

Yig‘ilishda bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Mustaqillik bayramini o‘tkazishda imom xatiblarning hissasi, yoshlarni oilaga tayyorlash, imom xatiblarning OAV da dolzarb mavzular bilan chiqish qilishlari, “VAQF” xayriya jamoat fondi faoliyati bilan jamoatchilikni kengroq tanishtirish kabi vazifalar yig‘ilishda muhokama qilindi.

Imom xatiblar kun tartibidagi vazifalarni o‘zlariga belgilab oldilar hamda topshiriqlar yuzasidan savollariga yetarlicha javoblar oldilar. Yig‘ilish so‘ngida yurtimiz tinch va osmonimiz musoffo bo‘lishini so‘rab duoi-xayrlar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/08/2019 19:46;   Ko‘rilganligi: 1211
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tuman-va-shahar-bosh-imom-xatiblarining-navbatdagi-yigilishi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 13:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing