Xabarlar

Samarqanddan yana 230 kishi muqaddas Haj ziyoratiga ketdi

Kecha, 28 iyul kuni, erta tongdan viloyatimizdan muqaddas Haj ziyoratiga otlangan bo‘lajak hojilarning 230 kishidan iborat ikkinchi guruhi  “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga yo‘l oldi.

 

Samarqandlik hojilar Madina shahridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi

Viloyatimiz hojilari Madinai Munavvara shahridagi joylashgan Uhud tog‘i, Shahidlar maydoni, Qubo masjidi, Qiblatayn masjidi va boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildilar. Ziyoratchilar tashkil etilgan sayohatdan katta taassurotlar bilan Yaratganga shukronalik kayfiyatida ziyoratlarini davom ettirmoqdalar.

 

Urgut tumanida Hajga boruvchilar tashabbusi bilan kutubxona tashkil etildi

Ma'lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma'naviyat va ma'rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas. Bir zamonlar dunyoning hech bir joyida o‘qish-yozish bo‘lmaganida musulmon yurtlarda hamma yozishni bilgan. Qo‘lyozma shaklida son-sanoqsiz kitoblar tarqalgan. Ba'zi bir musulmonlar o‘n minglab kitoblarga ega bo‘lganlar. Kutubxonalardan keng foydalanish musulmon diyorlarida yaxshi rasm bo‘lgan. Hozirgi kunimizda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari muzeylarida, qo‘lyozma xazinalarida eng qadimiy va eng qimmatli qo‘lyozmalar musulmonlarning qo‘lyozmalariekanining o‘zi fikrimizning yorqin dalilidir. 

 

TUMANLARDA BO‘LAJAK HOJILAR BILAN UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Xabar berganimzdek “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lganlar bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda Hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borish uchun Viloyat hokimligi, O‘MI Samarqand viloyat vakilligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilaridan iborat Viloyat ishchi guruhi tuzilgan edi. Ular tumanlarda bo‘lib, bo‘lajak hojilarga safarga doir zaruriy ko‘rsatmalar berib, fuqarolarning muborak Haj safaridan qaytganlaridan so‘ng ijtimoiy muhofazaga muhtojlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar bermoqda. Ushbu tadbirlarda tuman va shahar hokimliklari vakillari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman va shahar bo‘linmalari raislari hamda hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, masjid imom xatiblari va otinoyilar ishtirok etmoqda.  

 

Hadis ilmi maktabida kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 9 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan kirish ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlarga “Hadis ilmi maktabiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari bo‘yicha ijodiy imtihon va test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalarini tushintirish bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazilgan edi.

 

HADIS ILMI MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PF- 5416-son Farmoniga asosan islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, ular qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganish, tadqiq qilish orqali xalqimiz va keng jamoatchilikka yetkazish va targ‘ib qilish, xususan hadis va unga doir ilmlarni chuqur o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Hadis ilmi maktabi tashkil etilgan edi.

 

Hadis ilmi maktabida 2019-2020 o‘quv yili qabul imtihonlari oldidan konsultatsiya bo‘lib o‘tdi

Bugun 2019 yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabida 2019-2020 o‘quv yili qabul imtihonlari oldidan konsultatsiya bo‘lib o‘tdi.

 

XO‘JA ZIYOVUDDIN MASJIDINING BIRINCHI G‘ISHTI QO‘YILDI

Ma'lumki, Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasida "Xo‘ja Ziyovuddin" masjidi yangidan qayta qurilmoqda. Tuman hokimi M.Xamdamov, tuman prokurori E.Sharipovlar masjidining qurilishiga har tomonlama yordam berish maqsadida qurilish jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, Masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdi.

 

OQ MASJID OBOD BO‘LADI

Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tim qishlog‘ida XVI asrda barpo etilib, davlat muhofazasiga olingan “Oq masjid” (Arab ota) binosi eng chekka hududdagi tarixiy masjidlardan hisoblanadi. Unda namozxonlar kunlik besh vaqt va juma namozlarini ado etib kelishadi. Masjid hamda mahalla faollarining ta’kidlashicha ushbu masjid binosi mavjud namozxonlarning sig‘imi uchun yetarli bo‘lmoqda. Darhaqiqat, bino bugungi kunda ta’mirtalab holatda. Ushbu bino Madaniy meros departamenti Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tasarrufida bo‘lgani bois uni ta’mirlash ishlari faqat mana shu tashkilot orqali amalga oshiriladi. Madaniy meros viloyat boshqarmasi tomonidan 2010 yil 10 iyun, 2016 yil 16 mart kunlari “Oq masjid” binosining holati o‘rganilib, uni ta’mirlash zarurati to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan hamda uning nusxalari tegishli idoralarga yuborilib, ushbu obyektni ta’mirlash uchun loyiha smetalarini tayyorlab berishlari so‘ralgan. Bundan tashqari “Oq masjid” binosi Madaniy meros viloyat boshqarmasi tomonidan 2017-2027 yillarga mo‘ljallangan manzilli ta’mirlash dasturiga kiritilgan va masjid binosini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishini so‘rab bir necha bor bosh boshqarmaga murojaat yuborilgan.

 

Eng ma’rifatli imom-2019 ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yil 11 martdagi 01A/032-sonli buyrug‘i asosida Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi 285 ta masjid imom-xatibi va imom-noiblari o‘rtasida “Eng ma’rifatli imom-2019” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

ALLOH AZZA VA JALLA KECHIRIMLI ZOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan edi.

 

DINIY KONFESSIYALAR RAHBARLARI MUSULMONLARNI RAMAZON HAYITI BILAN TABRIKLADI

Mamlakatimiz hududida musulmonlar bilan birga yana 16 ta din va konfessiyalarga e’tiqod qiladigan 130 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. O‘zbekiston xalqi qadimdan bag‘rikeng xalq bo‘lgani sabab qadimda ham bugungi kunda ham boshqa din va konfessiya vakillari bilan tinch totuv yashab kelmoqda. Islom dini ta’limotida ham o‘zga din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik tamoyillari o‘rin olgan. Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar alayhis-salom rafiqul a’loga intiqol qilganlarida, ya’ni vafot qilishlaridan oldin bir yahudiyga o‘z sovutlarini garovga berib, undan 30 so’ arpa sotib olgan ekanlar. Oisha onamiz roziyallohu anho mana shu voqeani u zotning bag‘rikenglik borasida o‘z ummatlariga ko‘rsatgan eng katta ta’limlari, deganlar.

 

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Imom Buxoriy masjidida viloyat ahlini Iyd Ramazon bilan tabrikladi

Assalomu alaykum muhtaram jamoa, azizlar bugun muqaddas islom olamining bayrami, Iyd Ramazon butun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

 

RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Boshimiz uzra rahmat soyaboni, oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu xatmi Qur'on oyi bo‘lmish muborak mohi Ramazon oyi nihoyalab, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti yaqinlashib kelmoqda.

 

HAJ VA UMRA TADBIRLARINI TASHKIL ETILISHI VA O‘TKAZILISHI TARTIBI TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son Qarori bilan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, “Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. “Umra” tadbiri esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkiloti o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing