O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XO‘JA ZIYOVUDDIN MASJIDINING BIRINCHI G‘ISHTI QO‘YILDI

 
 

Ma'lumki, Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasida "Xo‘ja Ziyovuddin" masjidi yangidan qayta qurilmoqda. Tuman hokimi M.Xamdamov, tuman prokurori E.Sharipovlar masjidining qurilishiga har tomonlama yordam berish maqsadida qurilish jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, Masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdi.

Paxtachi tumani bosh imom-xatibi I.Amirillayev, tumandagi masjid imomlari va qurilishda faol mo‘min-musulmonlar bilan birgalikda ushbu masjid tez kunda qurib bitkazilishi hamda qalblari iymonga to‘la mo‘minlar bilan to‘lib toshgan Ziyovuddin gavhari bo‘lishini tilab duo qilishdi.

Manba: https://t.me/Ziyo_news


Kiritilgan vaqti: 30/06/2019 16:27;   Ko‘rilganligi: 1319
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-ziyovuddin-masjidining-birinchi-gishti-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 01/03/2024 18:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing