Samarqanddan yana 230 kishi muqaddas Haj ziyoratiga ketdi
Kecha, 28 iyul kuni, erta tongdan viloyatimizdan muqaddas Haj ziyoratiga otlangan bo‘lajak hojilarning 230 kishidan iborat ikkinchi guruhi “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga yo‘l oldi.
Muqaddas Makka va Madinani ziyorat qilish orzusida bo‘lgan hojilarni viloyat, tuman (shahar) hokimligi mutasaddilari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi xodimlari hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo‘ydi.
Avval xabar qilganimizdek, shu oyning 26 iyul kuni muqaddas farz amalini ado etish uchun ketgan 229 nafar hojilarning dastlabki guruhi hamda bugun yo‘lga chiqqan ziyoratchilar joriy yilning 23 va 26 avgust kunlari Samarqand xalqaro aeroportida kutib olinadi.
Kiritilgan vaqti: 29/07/2019 10:09; Ko‘rilganligi: 972
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 18:07