TUMANLARDA BO‘LAJAK HOJILAR BILAN UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TMOQDA
Xabar berganimzdek “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lganlar bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda Hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borish uchun Viloyat hokimligi, O‘MI Samarqand viloyat vakilligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilaridan iborat Viloyat ishchi guruhi tuzilgan edi. Ular tumanlarda bo‘lib, bo‘lajak hojilarga safarga doir zaruriy ko‘rsatmalar berib, fuqarolarning muborak Haj safaridan qaytganlaridan so‘ng ijtimoiy muhofazaga muhtojlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar bermoqda. Ushbu tadbirlarda tuman va shahar hokimliklari vakillari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman va shahar bo‘linmalari raislari hamda hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, masjid imom xatiblari va otinoyilar ishtirok etmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 18/07/2019 10:54; Ko‘rilganligi: 1034
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 21:43