O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut tumanida Hajga boruvchilar tashabbusi bilan kutubxona tashkil etildi

 
 

Ma'lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma'naviyat va ma'rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas. Bir zamonlar dunyoning hech bir joyida o‘qish-yozish bo‘lmaganida musulmon yurtlarda hamma yozishni bilgan. Qo‘lyozma shaklida son-sanoqsiz kitoblar tarqalgan. Ba'zi bir musulmonlar o‘n minglab kitoblarga ega bo‘lganlar. Kutubxonalardan keng foydalanish musulmon diyorlarida yaxshi rasm bo‘lgan. Hozirgi kunimizda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari muzeylarida, qo‘lyozma xazinalarida eng qadimiy va eng qimmatli qo‘lyozmalar musulmonlarning qo‘lyozmalariekanining o‘zi fikrimizning yorqin dalilidir. 

2019 yil Urgut tumanidan 78 nafar fuqarolar muborak “Haj” safariga borish niyatida turibdilar. Ular ushbu tabarruk safardan oldin savobli amalga qo‘l urdilar. Bo‘lajak hojilar Urgut tumani istirohat bog‘ida yangi qurib, foydalanishga topshirilgan axborot resurs markaziga 2000 ga yaqin adabiyotlar sovg‘a qilishdi. Zero kitob  insonni  doimo  yaxshilikka  boshlovchi, ezguliklar kaliti, hamisha odamiylikni  targ‘ib qiluvchi asosiy  vositalardan biri hisoblanadi. 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/07/2019 10:56;   Ko‘rilganligi: 1092
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-tumanida-hajga-boruvchilar-tashabbusi-bilan-kutubxona-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 04:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing