O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Aholiga kitob mutolaasining foydalari haqida so‘zlab berildi

 
 

AQSHning Yel universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra kitob mutolaasini sevadigan va bu ish bilan muntazam shug‘ullanadigan kishilar boshqalarga nisbatan 2 yil ko‘proq umr ko‘rar ekan.

Haftasiga 3 yarim soatini va undan ko‘proq vaqtini o‘qishga sarflaydigan keksalarda o‘lim xavfi yaqin 12 yilda boshqa qariyalarga nisbatan 20 foizga kam bo‘lar ekan. Bu kitobxonlikning muayyan jismoniy ta'siridir. Uning ma'naviy ta'siri, inson ichki dunyosi, ruhiyati, bilimining boyishiga ko‘rsatadigan ta'sirining esa ta'rifi yo‘q. Bugun afsuski, nafaqat yosh avlod, balki, kattalar ham kitob mutolaasidan uzoqlashayotgan bir paytda chin ma'rifat manbalaridan uzilishning oqibatlari haqida tushuntirish millat taqdiri yo‘lidagi muhim targ‘ibotdir.

Samarqand shahar “Qo‘shboqolli” jome masjidi imom-xatibi Jobir Rustamov “Sarbadorlar” mahallasi fuqarolari bilan “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan” nomi ostida o‘tkazgan suhbatda ana shular haqida so‘zlab berdi. Imom-xatib yurtimizdagi xayrli islohotlardan biri bu chekka qishloqlarda ham aholini kitob mutolaasi bilan oshno etish maqsadida kutubxonalarning tashkil etilayotganligi, bu imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligini ta'kidladi. Zero, jamiyatda sodir bo‘layotgan turli muammolar, jinoyat, nomaqbul xatti-harakatlar ilmsizlik, ma'naviy qashshoqlik oqibati ekanligini tushuntirib, bunga tarixdan ibratli misollarni keltirib o‘tdi. Yig‘ilganlarning Islom dinidagi masalalarga oid savollariga javob berdi.

   

 Manba: O‘MI Masjidlar bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 21/08/2019 10:40;   Ko‘rilganligi: 1172
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/aholiga-kitob-mutolaasining-foydalari-haqida-sozlab-berildi
Chop etilgan vaqti: 10/11/2024 20:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing